O'zbekcha Paxlava

O'zbekcha Paxlava
O'zbekcha Paxlava


E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap.

Kerakli masalliqlar:

  • 350 gramm saryog'
  • 300 gramm smetana
  • 4 dona tuxum
  • 4 stakan un
  • 1 choy qoshiq ichimlik sodasi
  • 2,5 stakan shakar
  • 2 stakan yong'oq
  • 2 osh qoshiq asal
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamir qoring. 300 gramm saryog' va unni ushoqlang. 3 dona tuxum sarig'i, smetana, ichimlik sodasini solib, xamir qoring. Xamirni 1 soatga muzlatgichga qo'ying.
2. Belgilangan vaqt o'tib, xamirni teng 8 qismga bo'ling.
3. Paxlava asosini tayyorlang. Yong'oqni maydalang. Yong'oq, 4 dona tuxum oqi va shakarni birlashtirib, aralashtiring.
4. Har bir xamir bo'lagini yupqa qilib yoying.
5. Xamirni pishirish qolipiga soling. Tayyorlangan asosdan solib, tekislang. Qolgan asos qismi va xamirni shu ketma-ketlikda takrorlang.
6. Oxirgi qavat xamir bo'lishi lozim. paxlavani kesib chiqing. Tuxum sarig'i bilan surting va yong'oq bo'laklari bilan bezating. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiring.
7. Paxlava tayyor bo'lishiga 5-10 daqiqa vaqt qolganda eritilgan 50 gramm saryog' va asal aralashmasi bilan quyib chiqing. Qolgan vaqt o'tgunga qadar pishirishda davom eting.
8. Tayyor paxlavani butunlay sovuting va issiq choy bilan yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!

Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort

Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Shuningdek, kechki ovqatdan so'ng ham nozik desert o'rnini egallashi mumkin. Tayyorlanishi oddiy bo'lgan tort dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq....

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Ajoyib desert: "Malika" torti

Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo...

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Turkcha biskvit

Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap....

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Tvorogli zapekanka

Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda ma'qul bo'ladi. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!...

Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto

Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har qanday do’kondan xarid qilib bo’lmaydi....

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo bo’lgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik san’ati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda...

Izohlar 2

  1. Офлайн
    gulica
    gulica 21 февраля 2023 21:29
    men ham manawu paxlavadan qldm juda zor cqdi men aslida bowqaca qlaredm kyn bunga xam qzqb qb kordm juda zor cqdi retsep ucun raxmat
  2. Офлайн
    marjona
    marjona 6 сентября 2020 16:23
    Paxlava ajoyib ekanu ammo menga bir tomoni o`xshamadi lekin xuddi shu retsept boyicha qildim.tag qismi oppoq bolib pishmaganday qoldi usti qismi qip qizil pishdi. Wu darajada wuncha vaqtda pishirdik.

Fikr qo'shish