O’rik mevasining foydali hususiyatlari

O’rik mevasining foydali hususiyatlari
O’rik mevasining foydali hususiyatlari


Tarkibida qand miqdori ko’p bo’lsa-da, o’rik kam kaloriyali meva sanaladi. Ozish istagida bo’lganlarga ham o’rik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko’pchillikka ma’lumki, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’riganlarga o’rik tavsiya etiladi. Ushbu meva tarkibidagi mikroelementlar yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’rik mevasida ko’p miqdorda kaliy mavjud. Bu esa uning buyraklar faoliyati uchun foydali ozuqa ekanligini bildiradi. Ya’ni o’rik iste’mol qilganda peshob ajralishi faollashadi. Bosh miya faoliyati uchun zarur magniy va fosfor ushbu mevada serob. Diqqatni jamlay olmaslik, nerv impulslari o’tkazuvchanligining buzilshi kabi xolatlarda o’rik eng yaxshi ko’makchi.
Kamqonlik, homiladorlikdagi toksikozda o’rik yoki meva qoqisi tavsiya etiladi. O’rikdagi temir moddasi organizmga oson so’rilgani bois u foydali sanaladi.

Teri muammolari, shuningdek, ko’z ravshanligini oshirishda ham o’rik foydalidir. Undagi beta- karotin (A vitamini) ko’zlar va teri holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’rik pektin moddasiga boy sanaladi. Pektin organizmni tozalash hususiyatiga ega. U tiqinlarni haydab chiqarish, shuningdek, xolesterin miqdorini kamaytirishga hizmat qiladi.

O’rik sharbati tabiiy antibiotik hisoblanadi. Infeksion kasalliklar, gripp, tomoq og’rig’ida oz-ozdan o’rik sharbatini qabul qilish, bemor ahvolini yengillashtiradi.
Kimlarga mumkin emas?
O’rik mevasi qandli diabet bilan og’rigan kishilar uchun tavsiya etilmaydi. Ayrim manbaalarda ushbu meva gipoterioz xastaligida man etiladi deyilgan. Shuningdek, jigar kasalliklarida ham o’rik me’yorda iste’mol qilinishi kerak, deydi mutahassislar.

O’rik tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik aniqlanganda ham uni iste’mol qilish mumkin emas.
Mag’zi foydalimi yoki zararli?
Bu borada turli fikrlar mavjud. Ayrimlar o’rik mag’izi (quritilgan holda), oshqozonga tushgach, sinil kislotasini hosil qiladi va bu organizmni zararlashi mumkin deydi. Boshqalar esa me’yorda iste’mol qilinsa, nojo’ya ta’sirlari yo’q degan fikrda.
Kosmetologiyada o’rik moyidan keng foydalaniladi. Hususan teri parvarishida ushbu moy yuzni tiniqlashtiradi, husnbuzarlarning paydo bo’lishi bilan kurashadi. Teri jaroxatlari, ko’karish yengil kuyishlarda o’rik moyi surtib qo’yilsa, bemor ahvoli yaxshilanadi.

Bir kunda uch mahal, 1 stakandan o’rik sharbatini qabul qilishga odatlansangiz, qabziyat, disbakterioz, meteorizm daf bo’ladi.

Shuni unutmangki, o’rik mevasi har kimga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Meva sharbatini iste’mol qilgach, qorin dam bo’lishi, spazm kuzatilsa, demak, uning miqdorini kamaytirish lozim.

Oqilami yoki makkor?! Ayollar haqida ajoyib statuslar

O’zini go’zal hisoblagan ayol boshqalarni ham shunga ishontira oladi. Ayol kishi erkak kishini tabassumi bilan ilinntirib oladi, yig’isi bilan esa ushlab qoladi....

ROMANTIKA NIMA

ROMANTIKA NIMA  Romantika - bu siz Qur'on o'qiyotganingizda ayolingiz ko'z yoshlarini to'kib tinglashidir; Romantika - bu tunda namoz o'qish uchun ayolingiz sizni oxista uyg'otishidir; Romantika - bu siz imom, ayolingiz muqtadiy bo'lib taxajjud namozini o'qishingizdir; Romantika - bu ayolingiz bilan birga qo'llaringizni duoga ochib, solix farzand...

Madrid ko’chalaridagi noodatiy piyodalar o’tish yo’lakchalari

Piyodalar o'tish yo'lakchalari deganda hammaning ko'z oldiga odatiy yo'l yo'l chiziqlar kelishi tabiiy. Biroq bugungi maqolamizda sizning e'tiboringizga biroz noodatiy bo'lgan yo'lakchalarni havola etmoqchimiz!...

Jonni Depp haqidagi 14 ta qiziqarli ma’lumotlar

Tirik jon bor ekanki, turli tuman odat va fe’l atvorga egadir. Ularning ichida g’aroyib odatlar ham talaygina. Bugungi maqolamizda mashhur Gollivud aktyori Jonni Deppning o’zi haqida aytib o’tgan qiziqarli odatlari hususidagi ma’lumotlar to’g’risida gaplashamiz!......

Dunyodagi eng chiroylik va romantik joylar

Biz ko'plab shaharlar va joylarni romantikaga bog'laymiz. Ushbu to'plamda siz sayyoradagi eng romantik joylar haqida bilib olasiz. Ushbu fotosuratlardagi har qanday joy romantik sayohat uchun idealdir....

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniya alomatlariga o'xshash kasallik tarqaldi. So’ngra keng yoyila boshladi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida ushbu kasallikka chalinganlar soni xitoyliklarning sonidan oshib ketgan. Minglab bemorlarning orasida taniqli odamlar, aktyorlar, sportchilar, siyosatchilar ham bor. Bugungi maqolamizda Koronavirus bilan...

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Insonlarni o'ziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

Fayzli inson qanday bo’lishi kerak? 1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada bo’ladi Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi fayzli inson o’zini boshqara oladi. Suhbatdoshidan o’tishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, o’zini komil inson qilib ko’rsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yo’q, chunki u o’ziga va o’z kuchiga ishonadi......

Eng ko’p dam oluvchi 10 ta mamlakat

Qayerda bo’lishdan qat’iy nazar dam olishni barcha birdek yoqtiradi. Ehtimol, yer yuzidagi barchani birlashtira oluvchi hususiyatlardan biri aynan yakshanba umumiy dam olish kuni ekanligidir. Ammo shunday intensivlik bilan dam oladigan bir qancha mamlakatlar mavjud. Biz boshqalarga qaraganda ko’proq dam oluvchi 10 ta mamlakatni jamladik. Marhamat,...

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Fikr qo'shish