O’rik mevasining foydali hususiyatlari

O’rik mevasining foydali hususiyatlari
O’rik mevasining foydali hususiyatlari


Tarkibida qand miqdori ko’p bo’lsa-da, o’rik kam kaloriyali meva sanaladi. Ozish istagida bo’lganlarga ham o’rik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko’pchillikka ma’lumki, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’riganlarga o’rik tavsiya etiladi. Ushbu meva tarkibidagi mikroelementlar yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’rik mevasida ko’p miqdorda kaliy mavjud. Bu esa uning buyraklar faoliyati uchun foydali ozuqa ekanligini bildiradi. Ya’ni o’rik iste’mol qilganda peshob ajralishi faollashadi. Bosh miya faoliyati uchun zarur magniy va fosfor ushbu mevada serob. Diqqatni jamlay olmaslik, nerv impulslari o’tkazuvchanligining buzilshi kabi xolatlarda o’rik eng yaxshi ko’makchi.
Kamqonlik, homiladorlikdagi toksikozda o’rik yoki meva qoqisi tavsiya etiladi. O’rikdagi temir moddasi organizmga oson so’rilgani bois u foydali sanaladi.

Teri muammolari, shuningdek, ko’z ravshanligini oshirishda ham o’rik foydalidir. Undagi beta- karotin (A vitamini) ko’zlar va teri holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’rik pektin moddasiga boy sanaladi. Pektin organizmni tozalash hususiyatiga ega. U tiqinlarni haydab chiqarish, shuningdek, xolesterin miqdorini kamaytirishga hizmat qiladi.

O’rik sharbati tabiiy antibiotik hisoblanadi. Infeksion kasalliklar, gripp, tomoq og’rig’ida oz-ozdan o’rik sharbatini qabul qilish, bemor ahvolini yengillashtiradi.
Kimlarga mumkin emas?
O’rik mevasi qandli diabet bilan og’rigan kishilar uchun tavsiya etilmaydi. Ayrim manbaalarda ushbu meva gipoterioz xastaligida man etiladi deyilgan. Shuningdek, jigar kasalliklarida ham o’rik me’yorda iste’mol qilinishi kerak, deydi mutahassislar.

O’rik tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik aniqlanganda ham uni iste’mol qilish mumkin emas.
Mag’zi foydalimi yoki zararli?
Bu borada turli fikrlar mavjud. Ayrimlar o’rik mag’izi (quritilgan holda), oshqozonga tushgach, sinil kislotasini hosil qiladi va bu organizmni zararlashi mumkin deydi. Boshqalar esa me’yorda iste’mol qilinsa, nojo’ya ta’sirlari yo’q degan fikrda.
Kosmetologiyada o’rik moyidan keng foydalaniladi. Hususan teri parvarishida ushbu moy yuzni tiniqlashtiradi, husnbuzarlarning paydo bo’lishi bilan kurashadi. Teri jaroxatlari, ko’karish yengil kuyishlarda o’rik moyi surtib qo’yilsa, bemor ahvoli yaxshilanadi.

Bir kunda uch mahal, 1 stakandan o’rik sharbatini qabul qilishga odatlansangiz, qabziyat, disbakterioz, meteorizm daf bo’ladi.

Shuni unutmangki, o’rik mevasi har kimga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Meva sharbatini iste’mol qilgach, qorin dam bo’lishi, spazm kuzatilsa, demak, uning miqdorini kamaytirish lozim.

BILASIZMI?

BILASIZMI? BIR DAQIQADA 6100 TA YaHShILIK. 😳 Bir daqiqada Fotixa surasini besh marta bemalol o'qish mumkin bo'ladi. Fotixa surasida 122 ta xarf bor. Bir xarfga esa 10 ta yahshilik va'da qilingan. 122h10=1220 ta yahshilik Fotixa surasini bir marta o'qishga beriladi.  Agar siz 5 marta bu ulug' surani o'qisangiz, 1220h5=6100 ta yahshilikga erishasiz....

Katta tezlikda yugura oladigan eng chopag’on hayvonlar TOP 5 taligi

Ushbu maqolamizda beshta eng chopag’on hayvonlar haqida gapirib o’tamiz. Qani ko’raylikchi, eng tezi kim ekan?......

Tashrif buyurishga arziydigan eng g’aroyib xonalar

Yer yuzida juda ko'p g’aroyib joylar mavjudki, ulardan juda ko’p iliq taasurot va ilhomlar bilan qaytasiz. Bir qarashda hayolga iliq maskanlar va g’ayrioddiy tabiat hodisalari keladi. Bugun biz siz tashrif buyurgan har qanday xonadan farq qiladigan 7 ajoyib xonani e’tiboringizga taqdim etamiz!...

Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar

Kino olamida epidemiyalar haqida hikoya qiluvchi filmlar haddan tashqari ko‘p. Ammo, ularning aksariyat qismi fantastika namunalari bo‘lib, real hayot tushunchasidan butunlay yiroqda......

Pitsa haqidagi qiziqarli faktlar

Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u, tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Barchaga birdek yoqib ulgurgan pitsa haqidaku aytmasak ham bo’ladi. Maqolamiz orqali pitsa haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchimiz....

Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar

Uyali telefonlar bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun ishlab chiqaruvchilar yangidan yangi g'oyalarni o’ylab topmoqdalar, qo'shimcha funktsiyalarni taklif qilib, dizaynni yangilamoqdalar. Bugungi maqolamizda esa aynan ushbu asrda sotilgan eng g’aroyib 5 ta uyali telefon haqida keltirib o’tamiz......

Derazasiz xonani qanday qilib yorqin qilish mumkin? Bu borada interyer mutaxassislarining maslahatlari

Derazaga ega bo’lmagan xona barchaga ma’lumki, qorong’i va biroz bo’g’iq bo’ladi. Tabiiy yorug'likning yetishmasligi uni makon va havodan mahrum qiladi. Ammo interer mutaxassislari dizaynerlarning ba'zi professional nayranglarini bilib, siz vaziyatni to'g'rilashingiz va har qanday xonani derazasiz o'zgartirishingiz mumkinligiga aminlar......

Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi

Odatda, ko’pchilik sportning ekstremal turlari bilan shug’ullanishga hayiqishadi. Turistik tashkilotlarning ma’lum qilishlaricha, ekstremal turizm rivojlangan mamlakatlarga tashrif buyuradigan sayyohlarning aksariyat qismi erkaklar ekan. Bugungi maqolamizda sizni ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar bilan tanishtiramiz!...

Atrofimizdagi yoqimli “dushman”lar yoki salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi zamonaviy texnika vositalari

Uzoq davom etadigan toliqish, surunkali charchash, ertalabdan boshlab qiynaydigan bosh og’rig’i, holsizlanish kabi alomatlar uyda to’lib-toshgan elektr jihozlar (muzlatgich, televizor kabilar) tomonidan hosil bo’ladigan elektromagnit nurlanish oqibatida yuzaga keladi. Bu nurlanish organizmning himoya vositalarini keskin pasaytirib asab-ruhiy...

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaning turli burchakalarida joylashgan ayrim hududlar bo’ylab kezib yuradigan arvohlar, qo’rqinchli xarobalar, noma’lum insonlar tomonidan qurilgan sirli binolari bilan dong taratgan. Insonlar orasida bu kabi mistik jihatlarni safsata deb biladiganlar ham oz emas. Ammo yuragi qaynoq turistlar uchun bu kabi maskanlar eshigi doimo ochiq. Demak,...

Fikr qo'shish