Qisqa muddatli parhez

Qisqa muddatli parhez
Qisqa muddatli parhez


QATIQLI PARHEZ (DIETA).

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin.
Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va mustahkam salomatlikka ega kishilarga to'g'ri keladi.

GRECHKALI PARHEZ (DIETA).

Natija: 5 kunda 3-5 kg vazn tashlash mumkin.
Taomnoma: kuniga 1 stakan grechka. Bunda istalgancha suyuqlik ichish mumkin. Ushbu parhez davomida tuz ishlatmaslik lozim yoki oddiy tuzni dengiz tuziga almashtiring. Kun davomida qo'shimcha ravishda ozgina yog'siz qatiq yoki yogurt ichsa ham bo'ladi. Qanday: kechqurun 1 st grechka ustidan qaynoq suv qo'yib idish qopqog'ini yopib qo'ying. Kun davomida mana shu bo'tqani bir necha qismga bo'lib tanovul qiling. Ohirgi taom qabulini uxlashdan 3-4 soat oldin amalga oshiring. Qulayligi: organizmni samarali tozalaydi. Kamchiligi: grechixani yomon ko'radigan va tuzli eguliklarni xush ko'radiganlar chidashi mushkul. Bu parhez qad-qomatingizni normaga keltirish uchun yordam beradi, ammo orzuingizdagi ozg'in qizga aylantirmaydi.


TOVUQLI PARHEZ (DIETA).
Natija: 5 kunda 5 kg vazndan halos bo'lasiz. Taomnoma: bug'da yoki suvda pishirilgan terisi olib tashlangan tovuq go'shti, nordon mevalar, turli sabzavotlar va ulardan tayyorlangan salatlar, har-xil yormalar. Suyuqlik ichish me'yori doimgidek.
Qanday: taomnomada ko'rsatilgan barcha mahsulotlarni istalgancha tanovul qilsa bo'ladi. Muhimi, tovuq kundalik taomnomangizning birinchi yarmini, qolgan mahsulotlar esa ikkinchi yarmini tashkil etishi kerak. Yaxshi natijalarga erishish uchun barcha egulik va taomlarni tuzsiz iste'mol qiling.

Qulayligi: parhez davomida och qolmaysiz, bunda sizga taomnomadagi rang-baranglik yordam beradi. Parhez tutmay ozishni istasangiz kundalik taomnoangizni baliq, sut mahsulotlari, yog'siz mol go'shti va tuxumga boyiting. Shirinliklar, qovurilgan kartoshka, mayonez, pirojki va shunga o'xshash qovurib pishirilgan pishiriqlar, shuningdek kolbasa mahsulotlaridan voz keching.

Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos balig'i

Kechki ovqatda yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda noan'anaviy usulda tayyorlangan mazali retseptni e'tiboringizga taqdim etamiz. Birzumda tayyor bo'ladigan nozik va juda ham mazali taom dasturxon davrasida haqiqatdan ham barchani lol qoldiradi....

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Varonej" gazagi

Mo'jizaviy gazak! Baqlajon sabzavotidan tayyorlangan gazak o'zining ta'mi bilan dasturxon davrasida barchaga lazzatlanish baxtini ulashadi. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

Yupqadagi shaurma yoxud lavashni ko’pchilik ko’chadan xarid qilishga odatlangan, e’tiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida bo’lishamiz....

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri

Blinchik (quymoq) – qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo ularning barchasi asosida bitta umumiy retsept, ya’ni sutli suyuq xamir yotadi. Tayyor blinchik (quymoq) larni har xil to’ldiruvchi bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Bular qatorida: murabbo, tvorog, go’shtli...

Kotlet tayyorlash retsepti - usullari, sirlari, mazali go'shtli qiyma nisbati

Kotlet tayyorlash usullari juda ko’p. Biroq, ular suvli va mazali chiqishi uchun albatta sinalgan yo’ldan borgan ma’qul. Quyida uyda pishirish oson bo’lgan kotletalar retsepti sizga havola etiladi....

Qovoq dimlama

Xamma masalliqlar yirik bo'laklanadi. Qozon tubiga birinchi parraklab kesilgan dumba bo'laklari terib chiqiladi. Keyin, piyoz, go'sht, kartoshka va qolgan masalliqlar solinadi (terib chiqiladi). Xar bir qatlam orasiga tuz va ziravorlarni solasiz (xoxishga qarab). Eng ustiga qovoq bo'laklari solinadi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    дурдона
    дурдона 29 июля 2021 19:30
    Ритцебларга гап ёк

Fikr qo'shish