Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar
Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar


Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi.

Kerakli masalliqlar:

  • Un – 3 stakan (400 g);
  • Smetana – 1 stakan (200 g);
  • Margarin – 250 g;
  • Iste’mol sodasi – yarim choy qoshiq;
  • Shakar upasi.
Tayyorlanishi:
1.Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalang.

2. Smetanaga ichimlik sodasi solib, aralashtirib, so’ng xamir va margarin aralashmasiga quying. Aralashmadan xamir qoring va u 4 ta zuvalaga ajratib oling. 15 daqiqaga sovutgichga qo’ying.

3. Rogalik xamiri sovugach, qalinligi 0,5 sm bo’lgan aylana qilib yoying. Uning diametri taxminan 25-28 sm bo’lishi lozim.

4. Har bir xamir doirasi 8 bo’lakda kesing. Hosil bo’lgan bo’lakchalarga bir tekis qilib murabbo surting yoki uning eng keng qismiga yong’oqli yoki boshqa qattiq nachinkani soling.

5. Endi xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik o’rang, u biroz taqa shaklida qilib bukiladi.

6. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga rogaliklarni tering. Oldindan 190-210 °C darajada qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida pishiring.

7. Tayyor bo’lgan rogaliklarni sovuting, so’ng ustidan shakar upasi seping. Pishiriq tayyor, yoqimli ishtaha!

TAVSIYALAR
  • Rogalikning asosi qurib qolmasligi uchun uning ikki chetini qatlab qo’ying, u ochiq qolmasligi krak. Shuningdek u yopilmasa, suyuqroq murabbo oqib chiqib ketishi ham mumkin.
  • Xamir yumshoq, shu bilan birga qo’lga yopishmaydigan konsistentsiyada bo’lmog’i lozim.
  • Imkon bo’lganda, margarin o’rniga sariyog’ ishlatish ham mumkin, bu pishiriqning ta’mini yanada mazali qiladi.
  • Agar asos o’rnida qo’llamoqchi bo’lgan murabbo juda suyuq bo’lsa, unga biroz un qo’shib, aralashtirib yuboring.

Tvorogli zapekanka

Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda ma'qul bo'ladi. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!...

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Ruletli tort

Yengil va oson tayyorlanadigan tort. Tuhumlar sarig'idan ajratilib, oqi qattiq bo'lgunicha ko'pirtiriladi. So'ng, oz-ozdan shakar solinib, ko'pirtirishda davom ettiriladi. Qattiq bo'lganidan so'ng, bitta-bittadan tuhum sarig'lari va un solinib, aralashtiriladi. Aralashma listga tekis qilib yoyilib, sovigan duhovkada pishiriladi....

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi resept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni nachinka bilan yoki nachinkasiz tayyorlash mumkin. Nachinka sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Olmali zefir

Yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda uy sharoitida olmali zefirni tayyorlashning ayni vaqti. Bu hech ham qiyin emas. Tayyorlangan zefirlar juda ham nozik va natijasi sizni hursand qilishi turgan gap....

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Fikr qo'shish