Qattiq pishloq retsepti

Qattiq pishloq retsepti
Qattiq pishloq retsepti


Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • Sut – 1 litr (2,5 – 6 % yog’li)
  • Tvorog – 1 kg
  • Sariyog’ – 100g
  • Tuxum – 1 ta
  • Iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq
  • Tuz – 1 choy qoshiq (to’ldirmasdan)
Tayyorlanishi:
1.Sutni qaynash darajasigacha olib boring. So’ng unga tvorog qo’shing va yana 3 daqiqa qaynating.

2. Hosil bo’lgan massani doka matoga solib, zardobini chiqarib tashlang. U tomchilamay qo’ysa, majburlab qisib chiqarish kerak emas, shu holatning o’zi yetarli.

3. Idishda sariyog’ni eritib oling, so’ng unga iste’mol sodasi va tuz qo’shing.

4. Erigan sariyog’ga tvorogni qo’shing va 5 daqiqa davomida aralashtirib turgan holda past olovda qaynating.

5. Alohida idishda tuxumni urib aralashtirib oling va tvorogga qo’shing, barchasini yaxshilab aralashtiring. So’ng idishni olovdan oling, biroz sovuting.

6. Hosil bo’lgan massani idishga soling va 3-4 soatga sovutgichga qo’ying. Pishloq tayyor!


Ta’bga ko’ra uy sharoitida tayyorlanadigan pishloqqa ko’katlar va biroz miqdorda maydalangan sarimsoq qo’shish ham mumkin.

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

"Provansal" batoni

Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qo'ziqorin-kartoshkali rulet

Mazali, tez va to'yimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak o'rnini va mazali pirog o'rnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Quymoq

10 ta tuhum idishga chaqiladi, ichiga un, razrihlitel' (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu xamma massa blenderda yahshilab aralashtiriladi. Duhovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duhovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha...

Qiyma kabob

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi. So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi. Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi. Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki...

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda....

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Qovoq somsa

Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog'i kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga bo'linadi. Va bo'lakchalar cheti jo'valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl...

Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm

Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar qo’shladi va ularni suvda yoki bulyonda qaynatiladi. Teftel go’shtli qiymasiga esa tuxum, piyoz, sabzavotlar qo’shiladi va teftellar dastlab qovuriladi ham. Quyidagi reseptda guruchli teftel sho’rva...

Fikr qo'shish