Patir retsepti

Patir retsepti
Patir retsepti


Patir (fatir) – Osiyo mamlakatlari xalqining an’anaviy hisoblanadigan pishirig’i, u choyga ham, ovqatga ham ajoyib qo’shimcha bo’ladi. Ushbu retseptdagi patirni piyoz bilan ham, piyozsiz ham tayyorlash mumkin.

Kerakli masalliqlar:
Un – 500 g (3 stakan)
O’simlik moyi yoki eritilgan hayvon yog’i – 200 gr
Piyoz – 1
Suv – 1 stakan
Kunjut – 1 osh qoshiq
Tuz
Tayyorlanishi:
1. Un, suv va tuzdan qattiq xamir qoring. So’ ng, uni 4 qismga bo’ling. Ustidan biroz un sepib, ustma-ust qiligan holda sochiq bilan yopib qo’ying. Shu tarzda 5-10 daqiqa dam yeyishga qoldiring.

2. Piyozni po’stidan tozalang, juda ingichka, yarimhalqa qilib kesing. Unga biroz tuz sepib, yaxshilab aralashtiring.


3. Har bir zuvala qalinligi 1 mm keladigan qilib yoyib oling. Tajribali bekalar yanada ingichkaroq qilib yoyishlari mumkin.

4. Xamirning butun yuzasiga yog’ surting, piyozli patir qilish uchun esa qo’shimcha ravishda ustidan ozroq piyoz ham seping.

5. Xamirni rulet qilib o’rang. Uzun o’ramani kaft bilan biroz yapaloq qiling. Qavatli tomonini yuqoriga qilib qo’ygan holda 5-10 daqiqa dam bering.
6. Har bir zuvalani qo’lda, qalinligi 1-1,5 sm dan oshmaydigan qilib, aylana shaklida yoyib oling. Yoyishda xamirning yaxlitligini buzib yubormaslik uchun ehtiyotkor bilan yoying.
7. Nonpar yoki sanchqi bilan xamirga naqsh chizing, yuzasiga yengil tuzlangan suv seping, kunjut bilan bezating, pishirish qolipiga qo’ying va 5-7 daqiqa shu holda dam bering.
8. Oldindan 250 darajagacha qizdirilgan gaz pechida (avval pastki, so’ng yuqori qavatida) tillarang tusga kirguncha pishiring, bu o’rtacha 15-20 daqiqani talab etadi.

9. Tayyor bo’lgach, pishirish qolipidan oling, yuzasiga biroz suv sepib, dasturxon bilan o’rang, sovutishga qoldiring. Patir tayyor!
Yoqimli ishtaxa!

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!...

Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – o’zbek oshidir....

Fikr qo'shish