Italyancha pechenya

Italyancha pechenya
Italyancha pechenya


Italya oshxonasining mashhur retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz. Juda ham nozik va og'izda erib ketuvchi ushbu pechenyaning tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bir olam quvonchni taqdim etadi. Dasturxon davrasida chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
115 gramm yumshatilgan saryog'
50 gramm shakar
1 dona tuxum
1 choy qoshiq vanilin shakari
Bir chimdim tuz
1/4 choy qoshiq qabartma
175 gramm un
150-200 gramm shokolad

Tayyorlash usullari:
1. Chuqur idishda sayog' va shakani, bir xil massa hosil bo'lguncha (taxminan 3 daqiqa) ko'pirtiring. Tuxum va vanilin shakarini soling va ko'pirtirishda davom eting.


2. Un, qabartma va tuzni birlashtiring. Saryog'li massaga unli massani soling, aralashtiring. Natijada quyuq, cho'ziluvchan xamir tayyor bo'lishi lozim. Xamir konditer qopchasidan qiyinchiliksiz chiqishi kerak.
3. Xamirni maxsus konditer qopchasiga soling. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga, bir-biridan 5 sm masofa qoldirgan holda, pechenyalar chiqaring.
4. 175 darajada qizdirilgan gaz pechida 10-12 daqiqa davomida pishiring. Tayyor bo'lgan pechenyalarni butunlay sovuting.

5. Shokoladni suv xammomida eriting. Chuqur idishga quying. Pechenyalarni 1/3 qismi yoki yarim qismini shokoladga botiring.

6. Qaytadan pergament qog'oziga shokolad qurigunga qadar tering.
7. Tayyor va bir zumda og'izda eruvchi pechenyalarni yaqinlaringiz e'tiboriga tortiq qiling.
Yoqimli ishtaxa!

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo bo’lgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik san’ati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda...

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Dilsora
    Dilsora 9 сентября 2022 08:03
    men bo'grsoq tayyorladim juda ajoyib chiqdi

    hilolaxon qalaysz

Fikr qo'shish