Pirog "Pomidorli kish"

Pirog "Pomidorli kish"
Pirog "Pomidorli kish"


Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
70 gramm sovuq suv
120 gramm saryog'
200 gramm un
0,5 choy qoshiq tuz, bir chimdim murch
2 dona tuxum
200 ml qaymoq
200 gramm pishloq (grecheskiy yoki adigeyl)
2 dona porey piyozi
Tayyorlash usullari:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Suv, tuz, saryog' va unni birlashtiring.
2. Silliq va cho'ziluvchan xamir qoring. Xamirni 5-10 daqiqaga chetga oling.

3. Xamirni pishirish qolipi devorlari bo'ylab yoying. Sanchqi yordamida xamirda izlar qoldiring. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida xamirni yarim tayyor holigacha pishiring.
4. Yarim tayyor xamir ustiga halqa shaklida kesilgan piyoz va bir nechta pomidorlarni soling.
5. Qaymoq, tuxum, tuz, murchni birlashtiring, ko'pirtiring. Qo'lda maydalangan pishloqni soling va aralashtiring.
6. Tayyor aralashmani pishirish qolipiga quying va pomidorlarni terib soling. Pishloqdan seping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiring.
7. Hushbo'y isi xonadoningizni egallagan mazali kishni tayyor bo'lishi bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Lavash-pishloqli pirog

Yengil va nozik pirog! Shu bilan birga juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi lazzatbaxsh. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Varonej" gazagi

Mo'jizaviy gazak! Baqlajon sabzavotidan tayyorlangan gazak o'zining ta'mi bilan dasturxon davrasida barchaga lazzatlanish baxtini ulashadi. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda....

Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Yengil va to'yimli kotletlar. Har qanday tayyorlangan garnir bilan dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Sabzavotlar va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parxezbop sanalib, semirishga yo'l qo'ymaydi. Tayyorlanishi oddiy...

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Honim

Sho'r suvga oddiy hamir qoriladi. Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha to'g'raladi. Charvi yog' mayda kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi......

Qovurma lag'mon tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, pishirish sirlari

Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga...

Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm

Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar qo’shladi va ularni suvda yoki bulyonda qaynatiladi. Teftel go’shtli qiymasiga esa tuxum, piyoz, sabzavotlar qo’shiladi va teftellar dastlab qovuriladi ham. Quyidagi reseptda guruchli teftel sho’rva...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Fikr qo'shish