Tuxum-ko'katli pirog

Tuxum-ko'katli pirog
Tuxum-ko'katli pirog


Bu juda ham ajoyib! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:

  • 4 dona tuxum
  • Tuz
  • 7 osh qoshiq un
  • 1/3 ichimlik sodasi
  • 200 gramm smetana
  • 1 osh qoshiq mayonez
Asosiga:
  • 6 dona pishirilgan tuxum
  • 1 bog' ko'k piyoz (katta)
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Tuxumni tuz bilan ko'pirtiring. Smetana va mayonezni soling, aralashtiring. Un va ichimlik sodasini solib, xamir qoring.
2. Asos uchun tuxum va ko'k piyozni mayda shaklda to'rg'ang. Ta'bga ko'ra tuz soling va aralashtiring.
3. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirning yarim qismini quying. Asosni soling va qolgan xamir qismini quying, tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25-35 daqiqa davomida pishiring.
4. Tayyor va mazali pirogni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Toshkentcha osh (palov)

Qozonga yog' solinadi. Va u qizigach, go'sht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga to'g'ralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab o'zgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni ko'p qizartirib qovurmang. Agar piyozni go'sht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda bo'ladi....

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Anor mevasining foydali hususiyatlari

Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik....

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Roll sendvich

Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak o'rnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kabachkili kotletlar.

Kabachkilarni qirg’ichdan chiqaramiz, so’ng tabga ko’ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil bo’lguncha aralashtiramiz....

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Мадина
    Мадина 17 марта 2022 13:49
    Бунданам яхширок таомлар булса яна жунатинг рахмат

Fikr qo'shish