Mayiz tushkunlikdan halos etadi

Mayiz tushkunlikdan halos etadi
Mayiz tushkunlikdan halos etadi


Quritilgan uzum qoqisi –mayiz, nafaqat mazali yegulik, balki inson organizmi uchun g’oyat foydali vitaminlar zaxirasi hamdir. Mayizda glyukoza, fruktoza hamda ozuqa to’qimalari mavjud. Shuningdek B guruhi vitaminlari, H va PP darmondorilari ham keraklicha topiladi.

Yurak qon-tomir kasalliklari bilan og’riganlar uchun mayiz kaliy moddasini yetkazib beradi. Magniy, kalsiy, temir va fosfor moddalari esa quvvatsizlik, kamqonlik, suyak skeletining to’g’ri rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi.
Kuchli stress, depressiya, asabiylik holatlari kuzatilganida, bir siqim mayiz iste’mol qilish ayni muddaodir. Shuningdek, qora mayiz uyqusizlikda ham chora hisoblanadi. Og’iz boshlig’i infeksiyalari, hususan, stomatit va kariesning oldini olishda mayiz tanovuli muhim hisoblanadi. Boisi, uzum qoqisi antioksidantlarga boy bo’lib, bakteriyalar bilan kurashuvchi xususiyatga ega. Mayiz peshob haydovchi hususiyatga ega. Qo’l- oyoq shishlarida mayiz iste’mol qilinishi siydik ajralishini ko’paytiradi. Tarkibida kletchatka mavjudligi uni oshqozon-ichak trakti uchun foydali yegulikka aylantiradi. Kunora yarim-bir siqimdan mayiz yeyishga odatlangan kishi, sog’lig’i haqida qayg’urmasa ham bo’ladi.
Buning sababi esa:

- Organizm uchun foydali vitaminlar hamda antioksidantlarga boy;

- Nerv tizimi kasalliklarida foyda beradi;

- Immunitetni mustaxkamlaydi;

- Organizmga quvvat beradi;

- Bosh miya faolligini oshirib, fikrlash qobiliyati, diqqatni jamlashda ko’mak beradi;

- Organizmga kalsiy so’rilishini ta’minlaydi;

- Farzand kutayotgan ayollar uchun kamqonlikni oldini olishda ko’mak beradi.
Ortiqcha vazndan halos bo’lishni istaganlar uchun mayiz asqatishi mumkin. Bunda mayiz asosiy vosita sifatida tanlanib, kun davomida boshqa yeguliklarga qaraganda ko’proq iste’mol qilinadi.

Asab tizimini kuchli qo’zg’alishlarida mayiz har qanday tinchlantiruvchi preparatdan-da yaxshiroq ta’sir ko’rsatadi. Uning bu hususiyati mahsulot tarkibidagi nikotin kislotasi hamda B guruhi vitaminlari hisobiga amalga oshadi. Kun davomida aqliy mehnat faoliyati bilan band bo’lganlar uchun ham mayizning foydasi ko’p. 
Qarshi ko’rsatmalar
Mayizning foydali hususiyatlari haqida qanchalik ko’p gapirmaylik, ayrim hollarda uning iste’moli qat’iy cheklanadi. Xususan:

- Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi;

- Ortiqcha vazn;

- Enterokolit;

- Og’iz bo’shlig’i yaralari;

- Qandli diabet;

- Silning faol turi.
Qanday iste’mol qilinadi?
Uzum qoqisiga qayta ishlov berish shart emas, ammo yengil hazm bo’lishi uchun suvda chayib olingani ma’qul. Teng miqdorda mayiz va yong’oqni go’sht qiymalagichdan o’tkazib, asal bilan aralashtirib olinsa, quvvatsizlik va mavsumiy kasalliklar profilaktikasi o’rnida foydalanish mumkin.
Mayiz harid qilayotganda uning ko’rinishiga ahamiyat bering. Yirik va chiroyli quritilgani hamisha ham foydali bo’lavermaydi. U o'rtacha kattalikda bir-biriga yopishmagan, hidsiz bo’lishi kerak. Mabodo mayizning bir-biriga yopishganiga ko’zingiz tanlov qilmang. Nega deganda, bu uning noto’g’ri saqlanganidan darak bo’lishi mumkin. Mayizni shisha bankada ushlash lozim. Yoki mahsus haltalardan foydalansa bo’ladi. Agar mayiz ko’p miqdorda harid qilingan bo’lsa, plastik idishlarga joylab, muzlatkichga qo’ysa bo’ladi. Biroq shunda ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turish lozim.

OG'IZ OCHISh DUOSI

Iftorlik (og‘iz ochish) duosi اَللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَ بِكَ آمَنْتُ وَ عَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَ عَلَى رِزْقِكَ أَفْتَرْتُ، فَغْفِرْلِى مَا قَدَّمْتُ وَ مَا أَخَّرْتُ بِرَحْمَتِكَ يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ Allohumma laka sumtu va bika amantu va a'layka tavakkaltu va a'laa rizqika aftartu, fag‘firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika ya...

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Quyida Shri-Lanka haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va uning so’lim maskanlari haqida aytib o’tamiz. Marhamat, ular bilan tanishing! Shri Lanka so’zi Sanskrit tilidan tarjima qilinganida “Hudo nazari tushgan joy” degan ma’noni beradi....

Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video

Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar sirli, odobli ko’rinadi, o’ziga ortiqcha e’tibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida....

Yong’oq va boshqa mag’izlarning foydali hususiyatlari

Karantin vaqtida uyda hamma turli hil yumushlar bilan band. Kimdir qiziqarli filmlar tomoshasiga ishtiyoqmand bo'lsa yana kimdlardir internet orqali ko'plab foydali ma'lumotlar bilan tanishib chiqmoqda. Biz ham salomatlik uchun foydali bo'lgan yana bir maqolamizni sizning e'tiboringizga havola etdik......

Sirli va fusunkor saroylar yurti Marokash haqida qiziqarli ma’lumotlar

Marokash qirolligi (Al-Mamlaka al-Mag’ribiya) – Aftikaning shimoli-g’arbida joylashgan davlat. Mamlakatning poytaxti Rabat shahri sanaladi....

Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar

Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz....

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Mo'g'ul haqidagi qiziqarli faktlar

Mo'g'uliston - aksariyat odamlar maktab tarixidagi kitoblardan faqat vahshiy ko'chmanchilar guruhi bilan eslanadigan diyor. Bir vaqtlar hammasi aynan shunday edi, ammo zamonaviy Mo'g'uliston o'tgan asrlardan bu qadar o'zgarmadi. Ufqdan ufqqa cho'zilgan cheksiz dashtlarni yana qayerda ham ko'rish mumkin? Faqat bu yerda va Argentina pampasida ham....

Pitsa haqidagi qiziqarli faktlar

Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u, tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Barchaga birdek yoqib ulgurgan pitsa haqidaku aytmasak ham bo’ladi. Maqolamiz orqali pitsa haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchimiz....

Alisher Navoiy haqida ma'lumot

Alisher Navoiy-buyuk O'zbek shoiri, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi. Uning o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bo'lgan iste'dodi va ta'siri shubhasizdir. Alisher Navoiy 1441 yilda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xerat shahrida tug'ilgan. U yoshligidan adabiyot, san'at va ta'limga qiziqish ko'rsatgan. 14 yoshida Arab va fors...

Fikr qo'shish