Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"
Pirog "Sabzavotlar savatchasi"


E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 stakan qovoq (kabachki, qirg'ichdan chiqarilgan)
  • 1 stakan sabzi (qirg'ichdan chiqarilgan)
  • 0,3 stakan oshqovoq (qirg'ichdan chiqarilgan)
  • 4 osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 0,5 stakan un
  • 100 gramm pishloq
  • 2 dona pomidor
  • 2 dona tuxum
  • 150 ml sut
  • Bir chimdimdan muskat yong'og'i, murch
  • 1 bog' ko'kat
  • 100 gramm shampinon (pishirilgan)
Tayyorlash usuli:
1. Qirg'ichdan chiqarilgan sabzavotlarni ortiqcha sharbatidan siqib oling. Qovoq, oshqovoq va sabzini birlashtirib, 4 osh qoshiq o'simlik yog'i va 0,5 stakan un solib, aralashtiring.

2. Yog' surtilgan pishirish qolipiga sabzavotli massani devorlari bo'ylab yoyib chiqing.
3. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishiring. So'ng, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, mayda to'rg'algan shampinonni soling.
4. Pomidorni yupqa, yumaloq shaklda kesing va qizdirilgan yog'da har tomonlama qovuring. Tuxum va 150 ml sutni birlashtirib, ko'pirtiring. Muskat yong'og'i, murch va tuzni solib, aralashtiring. Pishirish qolipidagi yarim tayyor masalliqlar ustiga sutli massani quying, pomidor bo'laklarini terib chiqing.
5. Ko'kat seping, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiring. Tayyor va nozik pirogni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi....

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda....

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ko'katli blinchik

Yumshoq, nozik va hushbo'y blinchik! Taomnoma uchun yangilik. Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Golapa" gazagi

Hind oshxonasining mashhur va sevimli taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Fikr qo'shish