Gilos-tvorogli pirog

Gilos-tvorogli pirog
Gilos-tvorogli pirog


E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 200 gramm un
  • 100 gramm saryog'
  • 1 osh qoshiq + 150 ml qaymoq
  • 1 osh qoshiq + 150 gramm shakar
  • Bir chimdim tuz
  • 200 gramm gilos
  • 200 gramm tvorog
  • 1 dona + 2 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 1 osh qoshiq kraxmal
Tayyorlash usuli:
1. 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq qaymoqni birlashtiring va venchik yordamida ko'pirtiring.
2. Eritilgan saryog'ni quying va ko'pirtirishda davom eting.
3. Unni qo'shing, yumshoq va cho'ziluvchan xamir qoring.
4. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirni devorlari bo'ylab yoying. So'ng, 30 daqiqaga muzlatgichga qo'ying.
5. Bu vaqt mobaynida pirog asosini tayyorlang. Blender idishiga tvorog, qaymoq, tuxum, shakar, vanilin, kraxmalni solib, bir xil massa hosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.
6. Gilos danaklarini ajrating, yuving va sitoga soling. Ortiqcha suvi ajralishi uchun.
7. Pishirish qolipidagi xamirga tayyorlangan tvorogli asosni soling va tekislang.
8. Tvorogli asos ustidan gilos mevasini terib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-55 daqiqa davomida pishiring.
9. Belgilangan vaqt o'tib, tayyor pirogni butunlay sovuting. So'ng, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Paxlava

Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi....

Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy, buning uchun tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’pirtirish kerak. Ba’zan limon sharbati qo’shish talab etilishi mumkin. Biroq desert havodor va mazali bo’lishi uchun tavsiyalarga qat’iy amal qilish va masalliqlar nisbatini bilish zarur....

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).

Bu tort nomi bilan mast olicha bo’lib, tortni tayyorlashdan 1 kun oldin 2.5 stakan danagidan tozalangan olicha yoki giloaga 2 osh qoshiq shakar solib engil aralshtirib, yarim stakan spirtli ichimliklardan aroq, konyak yoki vino solib va ustini yopib xona xaroratida 1 kun qoldiramiz (bankaka berkitilgan bedanak gilos ishlatilsa shakar solinmaydi....

O'zbekcha Paxlava

E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap....

Ajoyib desert: "Malika" torti

Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo...

Rogalik bulochka

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o'rab qo'yiladi. Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo'lakka bo'linib, har bir bo'lak yoyiladi......

Fikr qo'shish