Gilos-tvorogli pirog

Gilos-tvorogli pirog
Gilos-tvorogli pirog


E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 200 gramm un
  • 100 gramm saryog'
  • 1 osh qoshiq + 150 ml qaymoq
  • 1 osh qoshiq + 150 gramm shakar
  • Bir chimdim tuz
  • 200 gramm gilos
  • 200 gramm tvorog
  • 1 dona + 2 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 1 osh qoshiq kraxmal
Tayyorlash usuli:
1. 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq shakar, bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq qaymoqni birlashtiring va venchik yordamida ko'pirtiring.
2. Eritilgan saryog'ni quying va ko'pirtirishda davom eting.
3. Unni qo'shing, yumshoq va cho'ziluvchan xamir qoring.
4. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirni devorlari bo'ylab yoying. So'ng, 30 daqiqaga muzlatgichga qo'ying.
5. Bu vaqt mobaynida pirog asosini tayyorlang. Blender idishiga tvorog, qaymoq, tuxum, shakar, vanilin, kraxmalni solib, bir xil massa hosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.
6. Gilos danaklarini ajrating, yuving va sitoga soling. Ortiqcha suvi ajralishi uchun.
7. Pishirish qolipidagi xamirga tayyorlangan tvorogli asosni soling va tekislang.
8. Tvorogli asos ustidan gilos mevasini terib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45-55 daqiqa davomida pishiring.
9. Belgilangan vaqt o'tib, tayyor pirogni butunlay sovuting. So'ng, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vanilinli panna kotta deserti

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Taomnomaga o'zgartirish kiritishning vaqti keldi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bayram dasturxonida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Shokoladli kopkeyk

Hushbo'y va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Fikr qo'shish