"Issiq shokolad" ichimligi
Bu juda ham ajoyib! Mo'jizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!
Kerakli masalliqlar:
- 1 stakan sut
- 1 osh qoshiq kakao kukuni
- 2 osh qoshiq shakar
- 1 choy qoshiq kraxmal
- 2 dona tuxum sarig'i
2. Tuxum oqdan sariqlarini ajrating. Tuxum sariqlarini sutli aralashmaga, doim venchikda aralashtirgan holda soling.
3. Aralashmani suv xammomiga qo'ying. Doim aralashtirgan holda 10 daqiqa, quyuq massa hosil bo'lgunga qadar tayyorlang.
4. Tayyor, nozik va mazali shokoladni darhol yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!