"Provansal" batoni

"Provansal" batoni
"Provansal" batoni


Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:

  • 350 gramm un
  • 180 ml suv
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 7 gramm xamirturush
  • 25 gramm saryog'
  • 1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:

  • 1 dona piyoz
  • 2 dona sarimsoq donachasi
  • 2-3 osh qoshiq mayonez
  • Pishloq, ko'kat
Tayyorlash usuli:
1. Xamirturushli xamirni tayyorlang va 1 soat 30 daqiqaga xamir hajmi ko'payishiga, issiq joyga olib qo'ying.

2. Piyoz va sarimsoqni mayda to'rg'ang va mayonez bilan aralashtiring.

3. Tayyor xamirni ikki qismga bo'ling. Baton shaklida yoying (4 sm).

4. Batonlar ustini yopib, 30 daqiqaga qoldiring. Ko'pirtirilgan tuxum bilan surting. O'tkir pichoqda baton o'rtasiga kesiq qiling.
5. Baton kesig'iga mayonezli massadan choy qoshiq yordamida soling. Mayda to'rg'algan ko'kat seping, qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni qalinlikda seping. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiring.
6. Belgilangan vaqt o'tib, mazali batonni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shashlik tayyorlash - go'shtni tanlash, marinadlash, tayyorgarlik ko'rish, tavsiyalar

Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida, kimdir esa tabiatda shashlik tayyorlaydi. Tashqi tarafdan shashlik pishirish oson ko’rinadi. Lekin hammasini yanada yaxshiroq qilish mumkin...

Ko'k somsa

Undan o'rtacha yumshoqlikda sho'r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo'yiladi. Ko'katlar tozalanib, kartoshka va go'sht kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga...

Beshbarmoq

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi....

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Qiyma kabob

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi. So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi. Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi. Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki...

Farshli seld balig'i

Bu juda ham mazali! E'tiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib ta'mni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

Yupqadagi shaurma yoxud lavashni ko’pchilik ko’chadan xarid qilishga odatlangan, e’tiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida bo’lishamiz....

Fikr qo'shish