Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari

Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari


Sog’lom turmush tarziga oid istalgan maqolada ozish uchun sport bilan shug’illanish lozimli haqidagi so’zlarga ko’zimiz ko’p tushadi. Sport bilan uyg’unlashtirilgan foydali taomnoma esa natijalarning yanada samarali bo’lishiga olib kelishi tayin. Buning uchun kaloriyalar hisobi va qaysi mashg’ulot qancha kaloriya sarf etishga ko’maklashishini bilib olish kerakdir.

Kaloriya - inson organizmi taom orqali oladigan va harakatlari tufayli sarf etuvchi quvvat birligidir. Har bir mahsulot ma’lum miqdordagi kaloriyaga ega. Inson tanasi badanning me’yoriy haroratini ushlab turish, qon bosimi va boshqa yumushlar uchun tananing har bir killogrami hisobiga soatiga 1 kilokaloriya sarf etadi.
Inson organizmi harakatlanish uchun quvvatni quyidagi manbalardan qabul qiladi:

1. Kun davomida iste’mol qilingan ovqat

Ko’p hollarda bu organizmning me’yoriy holatini ushlab turishga sarflanadi.
2. Yog’ to’qimalarining parchalanishi
Bu ozishni maqsad qilgan insonlarning asosiy istagi bo’lib, yog’ to’qimalarining parchalanishiga jismoniy mashqlar va to’g’ri taomlanish tartibi orqali erishiladi.
3. Mushaklarning parchalanishi
Afsuski tana ba’zan quvvatni yog’ to’qimalaridan emas, mushaklardan oladi va bunda mushak to’qimalari parchalanadi, yog’lar esa o'z o’rnida qolaveradi.
Inson xatto uhlayotgan holatida ham kaloriya sarflaydi. Istalgan turdagi jismoniy faollik esa kaloriyalar sarflanishini kuchaytiradi. Bu borada sizga kaloriyalar jadvali ko’mak beradi. 

Kaloriyalarning sarf etilishiga doir yana bir qancha omillar bo’lib, jismoniy mashqlarni bajarishga kirishishdan avval ularni inobatga olib qo’yish lozim. Toza havoda o’tkazilgan mashg’ulot ko’proq kaloriya yo’qolishiga yordam beradi.
Baland bo’yli ozg’in insonlar, to’ladan kelgan insonlarga nisbatan tezroq kaloriya yo’qotadilar. Yaxshi kayfiyat ham kaloriyalarning jadal sarflanishiga olib keladi.

Qorinni yo'qotish - usullari, yo'llari, mashqlar, parhez va suv ichish tartibi

Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa, quyidagi oddiy tavsiyalardan foydalaning. Demak, mashqlar, ozish uchun parhezlar va tavsiyalar, qorin mushaklarini yashirib turgan ortiqcha suvlarni chiqarib tashlash usullari haqida batafsil....

Qaysi egulik qancha vaqtda xazm bo'ladi?

#Qaysi egulik qancha vaqtda xazm bo'ladi? #Suv – ichilganidayoq xazm bo'ladi; #Meva va sabzavot sharbatlari – 15-20 daqiqa davomida;...

Immunitetni kuchaytirish - TOP-10 tavsiya, uy sharoitida tabiiy vositalar tayyorlash

Teng qismlardan na’matak mevalari qaynatmasi va issiq choy, ta’bga ko’ra shakar hamda asal qo’shish mumkin. Sovuq kunlar kelishi bilan shamollash va gripp kabi kasalliklar avj ola boshlaydi. Immuniteti noziklar bir mavsumda 3-4 martagacha O’RVI`ga chalinishi mumkin. Bunday kasalliklarni oldini olish va kuz-bahor mavsumining qiziq kunlarini...

Soqol chiqarish usullari - vositalar, parvarish yo'llari va qoidalari

Soqol nafaqat erkaklikni ifodalaydi, balki shaxs urfda bo’lgan tendentsiyalardan xabardor ekanligini ham anglatadi. Quyida uy sharoitida soqol chiqarish uchun nima qilish kerakligi haqida batafsil....

Yuzdagi ajinlarni yo'qotish

Ajinlar, odatda, organizmning so'lib borayotganidan darak beruvchi belgidir. Qarish jarayonida terida bir qancha o'zgarishlar ro'y beradi. Qon va limfa aylanishining buzilishi natijasida eng avval yuz, bo'yin, qo'l panjalarining terisida shunday o'zgarishlar yuzaga keladi. Gavda terisining ochiq joylari doim tashqi muhitning noqulay omillari...

Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat

Ko‘p yillardan beri Xitoydagi kasalxonalarning birida faoliyat yuritib keladigan va koronavirusning nimalarga qodir ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan shifokor Yuriy Klimov mazkur holatni yengishdagi asosiy ikki tushuncha - vahima ko‘tarmaslik va o‘zingizni virusdan himoyalash uchun odatiy qoidalarga amal qilish kerakligini aytdi......

Ayollarda soch to'kilishi - sabablari, davolash, samarali xalqona vositalar

Soch to’kilishi asosan erkaklar duch keladigan muammo deb hisoblanadi, ammo ayollar ham undan aziyat chekishi mumkin. Ayollarda soch nima sababdan to’kilishini va u bilan qanday kurashish mumkinligi haqida quyida batafsil....

Shifobaxsh yog’lar- ular haqida nimalarni bilamiz?

“Sochlaringiz qalin bo’lishini istaysizmi, bodom yog’idan surting”, “qabziyat qiynaydi, zaytun yog’idan qabul qiling”. Bugun bu kabi tavsiyalar shu qadar ko’pki, qay biriga ishonishni ham bilmaysiz. Xo’sh, aslida ham qay bir yog’ foydaliroq? Qaysinisi nima uchun qo’llaniladi? Bu maqolamiz shu haqda....

C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari

Mandarin ko’pchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda ko’p miqdorda C vitamini (askorbin kislotasi) mavjud bo’lib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, B1, B2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi......

Jigarni yog'larni yuvadigan va tozalaydigan foydali 3 ta ichimliklar

Bizning tanamiz ovqat, ayniqsa tez tayyor bo’luvchi mahsulotlarini hazm qilish paytida stressga duch keladi......

Fikr qo'shish