Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari

Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari
Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari


Ushbu betakror shahar haqida juda ko’p bor eshitganingiz aniq. Uning o’ziga hos ko’rinishi butun dunyo sayyohlarini gul shirasi kabi o’zi tomon tortib turadi. Shu sababli ham bugungi maqolamizni aynan mana shu mo’jizaviy shaharga bag’ishlash niyatidamiz.

Burj al-Xalifa
Burj al-Xalifa – dunyodagi eng baland bino, o’ziga hos arxitektura va dizayn bilan bezak berilgan inshoot. Ushbu bino balandligi 828 metrga teng bo’lib, undagi qavatlar soni 163 tani tashkil qiladi. Qizig’i shundaki, u oddiy binogina emas, Dubay ichidagi kichik shaxar hamdir. Ushbu bino ichida mehmonxonalar, zamonaviy ofislar va tomosha maydonlari joylashgan.
Burj al-Arab mehmonxonasi
Mazkur inshootni dunyodagi eng ajoyib mehmonxona deya haqli ravishda e’tirof etish mumkin. U yelkan ko’rinishiga ega bo’lib, Dubay sohillaridan o’rin olgan. “Burj al-Arab” nomi “Arab minorasi” degan ma’noni anglatadi. Balandligi 300 metrga teng bo’lgan mehmonxona haqiqatdan ham oliy maqtovlarga arziydi.
Dubay savdo festivali
Dubay savdo festivali- shopogolik insonlar uchun asl tantana bo’lib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga Dubai Events and Promotions kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Savdo festivali 1996 yildan beri o’tkazib kelinmoqda. Avvaliga uning asosiy maqsadi Dubayga turistlarni ko’proq jalb qilish edi holos. Natija kutilganidan ham a’loroq bo’ldi, bu esa bayram tashkilotchilarini yangiliklar tomon ilhomlantirib yubordi.
Wild Wadi akvaparki

Dubay shahrida joylashgan mazkur akvopark hududdagi eng ajoyib ko’ngilochar maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerdagi attraksionlar insonni hayratga solish darajasida, shunday ekanki shahar mehmoni bo’lsangiz, bu yerga ham kelib ko’rish yodingizdan chiqmasin.
Dubay akvariumi
Bu dunyodagi eng katta akvariumlardan biri. Uni “Dubay” savdo kompleksi ichida uchratish va suv osti olamining barcha go’zalliklaridan baxramand bo’lish mumkin. Akvariumda 33 ming turli jonivorlar istiqomat qiladi. Ular orasida akula va skatlar ham mavjud.
Dubay oltin bozori
Bu BAAning eng katta bozorlaridan biri. Ushbu hududdan o'zingiz istagan har qanday ko’rinishdagi tilla buyumlarni topa olishingiz kafolatlanadi. Bundan tashqari, mazkur maskan butun mamlakatdagi eng qadimiy bozor hamdir. Sayyohlar esa zargarlik buyumlarining keng tanlovi bilan bir qatorda arzon narxlar sabab ham oltin bozoriga yopirilib kelishadi.
Palma Jumeyra
Palma Jumeyra- mashhur sun’iy orol bo’lib, tashqi tomondan qaraganda palma daraxti ko’rinishida qilib ishlangan. Qizig’i shundaki uni dunyoning sakkizinchi mo’jizasi sifatida e’tirof etishadi.
Dubay dasturxoni
Bu yerlik insonlar yeguliklar orasida shirinliklarni juda yaxshi ko’rishadi. Garchi shaharda turli mamlakat shirinliklarini tayyorlovchi tamaddixonalar son-sanoqsiz bo’lsa ham mahalliy aholi vakillari orasida yong’oqli, quruq mevali, asalli shirnliklar juda keng tarqalgan. Sayyohlar umm ali pudinglari, maxalabiya, xandonpistali paxlava, sharbat, eshasaya pishloqli pirogi, xurmo va bodom birlashmasi, lukum kabi shirnliklardan bajonidil tatib ko’rishadi. Ushbu shirinliklarni yaqinlaringiz uchun tuhfa sifatida o’zingiz bilan birga olib ketishingiz ham mumkin.
Ishonish qiyin bo’lgan faktlar!
Dubayda insonlar yirtqich jonivorlarni uy hayvoni sifatida boqishadi. Aytishlaricha bu o’ziga hos hashamat belgisi emish.

Dubayda jinoyatchilik darajasi 0% ga teng. Sababi, kichik hato uchun ham katta jazolar belgilanadi.

Dubay politsiyasi Lamborjini, Ferrari, Bentli, Mersedes-Benz kabi qimmatbaho mashinalarda harakatlanadi.

Shahar aholisining 83%i muhojirlardir.

Bu yerda qarz olish masalasiga juda jiddiy qarashadi va qarzini to’lamagan insonlar shahardan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Dubay aholisi daromad solig’i to’lamaydi. Bundan tashqari uy, tibbiy hizmatlar, ta’lim olish jarayoni uchun ham davlat pul ajratadi.

Dubayda juftliklar tomonidan hissiyotlarning oshkora namoyish qilinishi mutlaqo mumkin emas. Bu qamoq jazosigacha olib borishi mumkin. Shu sababli ham shahar ichidagi oilaviy juftliklar ham odamlar qarshisida bir-biridan bo’sa olishlari tugul qo’l ushlab yurishga botina olishmaydi.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI. Xozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlarni " o'smirlar" deyiladi. "O'smirlik" bu g'arbga oid termin bo'lib yoshlarning beboshligini xaspo'shlash maqsadida o'ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan: 1. Abdurraxmon Nosir. 21 yosh. Uning...

Kichik bo’lgan yuvinish xonasi uchun 11 ajoyib g’oya

Hatto eng kichik bo’lgan hammomni ham shinam va qulay yuvinish xonasiga aylantirish mumkin. Sizdan talab etiladigan narsa interyer dizayniga ahamiyat berish joylashuvdan to’g’ri foydalanishdir. Kichik hammomda kerakli buyumlarning barchasini qanday joylashtirishning eng muvaffaqiyatli namunalarini e'tiboringizga havola etamiz!...

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi. Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q! Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Inson organizmi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda inson tanasi va organizmi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tdik. Marhamat ular bilan tanishing! Miyaning og’irligi tana og’irligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi......

Indra Nuyining muvaffaqiyat sirlari haqida

Bugungi kunda Indra Nuyi ismi ko’pchilik uchun notanish bo’lishi mumkin, ammo PepsiCo kompaniyasini hamma juda yaxshi taniydi. Aslida ushbu ayol ismi va kompaniya nomi necha yillardan buyon faqatgina birgalikda qo’llanib kelinadi....

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo bo'lgan

Shirinliklarni hush ko'rmaydigan inson bo'lmasa kerak. Bugun ko'pchilik sevib iste'mol qiladigan desertlarning yaralish tarihiga to'htalamiz....

Nima uchun qushlar tumshug'ini qanotlari ostiga yashirishadi?

Kolibridan tortib pingvingacha bo'lgan barcha qushlar tumshug'ini yoki hatto butun boshini qanot ostiga yashirishadi. Bu sayyoramizning barcha qit'alarida qushlar uxlash yoki shunchaki dam olish uchun odatiy pozadir. Nima uchun qushlar buni qilishadi va inson nuqtai nazaridan juda qulay bo'lmagan bu holatda soatlab sarflashlari mumkin?...

2020 yilga Ramazonda og‘iz yopish va ochish vaqtlari

2020 yil 24 apreldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi musulmonlar singari Islomning to‘rtinchi arkoni bo‘lmish ro‘za ibodatini ado eta boshlaydi. 2020 yil uchun Toshkent vaqti bo‘yicha Ramazon taqvimini hamda Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) va Iftorlik (og‘iz ochish) duolarini ham taqdim etadi......

Orhideya guli haqidagi 19 ta qiziqarli ma'lumotlar

Orhideya, ehtimol dunyodagi eng keng tarqalgan guldir. Ular juda mashhur bo’lib, ko'plab havaskor gul shaydolari ularni uyda yetishtirishadi. Aksariyat orhideyalar tuvakda ham yaxshi ko’karadi. To'g'ri ular ko'pincha juda ehtiyotkorlik va ehtirom bilan g'amxo'rlik qilishni talab qiladilar, chunki harorat sharoitlariga yoki namlik darajalariga...

Antiqa g’aroyib va noodatiy mashinalarning foto suratlari

Avtomobil egasi haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Ba'zi odamlar boshqalardan ajralib turish yoki o’zining ijtimoiy mavqeini ta'kidlash uchun qimmat yoki noyob avtomobillarni sotib olishadi. Boshqalar esa e'tiborga loyiq bo'lmagan mashinani mutlaqo g'ayrioddiy narsaga aylantirishga qodir, ular ko'chalarda o'tayotganlarning ko'ziga...

Fikr qo'shish