"Julyen" pirogi

"Julyen" pirogi
"Julyen" pirogi


Fransuz oshxonasining mashhur taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:

  • Un
  • 250 gramm margarin
  • 500 gramm smetana
  • 3 dona tuxum
  • Tuz, shakar, 1/2 choy qoshiq ichimlik sodasi
Asosiga:

  • 300 gramm tovuq go'shti
  • 1 banka marinadlangan shampinon
  • 1 dona piyoz
  • 300 gramm pishloq
  • 150 gramm qaymoq
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Margarinni past olovga qo'ying, margarin yumshashni boshlashi bilan olovdan oling.
2. Smetanani soling.
3. Tuxum, tuz, shakar, ichimlik sodasini soling. Unni qo'shib, qo'lga yopishmaydigan xamir qoring va 20 daqiqaga olib qo'ying.
4. Bu vaqt mobaynida asosni tayyorlang. Tovuq go'shtini butunlay tayyor bo'lgunga qadar qaynating. Sovuting va mayda shaklda to'rg'ang.
5. Mayda to'rg'algan shampinon va piyozni ketma-ketlikda qovuring.
6. Shampinonlarga tovuq go'shtini qo'shing, 2 daqiqa qovuring. Qaymoqni quying va yana 2 daqiqa davomida pishiring.
7. Yog' surtilgan pishirish qolipiga xamirni devorlari bo'ylab yoying.
8. Tayyorlangan asosni soling.
9. Qirg'ichning katta tomonidan chiqarilgan pishloqni seping.
10. Pirogni 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiring. Belgilangan vaqt o'tib, nozik va mazali pirogni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

Ajoyib va mo'jizaviy taom! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi....

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri

Blinchik (quymoq) – qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo ularning barchasi asosida bitta umumiy retsept, ya’ni sutli suyuq xamir yotadi. Tayyor blinchik (quymoq) larni har xil to’ldiruvchi bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Bular qatorida: murabbo, tvorog, go’shtli...

Piyoz-tuxumli pirojki

Nozik asos va yumshoq xamir bu juda ham mazali. Juda ham tez tayyorlanadigan pirojki. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'lishi turgan gap. Taomnomangizdan o'zining o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish