Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar

Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar
Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar


Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz.

Yoqali ko’ylak
Yuvilishi. Bilamizki, klassik uslubdagi ko’ylaklar alohida yuviladi. Bunda ko’ylak yoqasi va yenglarini chotka bilan ishqalab tozalash kerak. Bordi-yu ko’ylak ishqalab yuvilsa, yoqa va yeng matosi bukilib ko’rinishini yo’qotadi. Yuvilgan ko’ylak ilgakka ilingan holatda quritilishi kerak.

Dazmollash.

Ko’ylakni to’liq qurimasidan dazmollagan ma’qul. Yoqasini avval tashqi tarafdan dazmollash kerak. So’ng ichkari tomoni dazmollanadi. Ko’ylak yoqasi buklanib chizig’i bo’ylab dazmollanmaydi.

Ko’ylakning yengi uzun bo’lsa, avval manjetini dazmollash kerak. Huddi yoqasini dazmollagandek avval tashqarisidan so’ng ichkarisidan dazmollanadi. Tugma tikilgan qismi ko’ylak kiyilgandek ko’rinishga keltirilib, ustidan yengil dazmollanadi.
Old qismini. O’ng tarafining pastki qismidan boshlab yuqoriga qarata dazmollang. Bunda matoning qalin yoki yupqaligiga ko’ra tashqari va ichkarisidan dazmol bosiladi. Tugmali joyining orasiga ko’proq ahamiyat qarating. So’ng chap tarafini ham pasdan yuqoriga qarab dazmollang.

Orqa qismi. Ko’ylak orqa qismi keng bichimda bo’lgani bois dazmollash uchun qulay. Bunda ishni chap tarafdagi chok tushirilgan qismidan o’ng taraf bo’ylab harakatlantiriladi. Dazmol harakatini ko’ylak qismlari birlashtirilgan choklar usti bo’ylab yurgizing.
Klassik uslubdagi shim
Yuvilishi. Klassik uslubdagi shimni ivitib yuvish tavsiya etilmaydi. Bunda matoning asl ko’rinishiga zarar yetib, o’z shaklini yo’qotishi mumkin. Chiziq tushirilgan shimlarni namlangan cho’tka yordamida tozalagan ma’qul. Matosining qalin yoki yupqaligiga ahamiyat bering. Chunki yupqa matoda suv dog’lari saqlanib qoladi. Shu bois uni orqa tarafdan tozalash lozim.

Shimni quritish uchun ilgichdan foydalaning. Shimning chizig’ini tekislab ilgichga iling-da, quriting. Matosini ochib kir osadigan arqonga yoymang.

Dazmollash

Klassik uslubdagi shimlarga o’ta ehtiyotkorlik bilan dazmol bosish kerak. Ayniqsa yupqa matolisini avval ichki tarafdan dazmollab, so’ng past bosimda usti dazmollanadi.

- Shim chizigini to’g’irlab, dazmol stoliga uzunasiga qo’ying;

- Agar tizza qismida matodan buklamlar bo’lsa, dastlab o’sha qismiga dazmol bosing.

- Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Avval bir tarafining ust qismini dazmollab,so’ng buklangan ikkinchi tarafini dazmollang. Shu tartibda shimni boshqa tarafga o’girib ishni bajaring.

- O’rtasidagi chizig’i tekis chiqishi uchun orqa tarafdan bilintirmay sovun bilan chiziq chizish mumkin. Chizilgan chiziq bilan avval teskari tarafdan, so’ng old tomonidan dazmollanadi. Dazmollangan shim o’z ko’rinishini yo’qotmasligi uchun ilgichga osing.
Mavsumiy kostyumlar
Tozalash. Iliq suvga chotkani namlab, kostyum matosining ustki qismidan yurgiziladi. Agar biror yerida dog’ bo’lsa, yumshoq rangsiz matoni iliq suvda namlab, dog’ qismi artiladi.

Nam sho’tkada tozalaganingizdan so’ng, albatta, ilgakka ilib ochiq joyda quriting. Tozalagach, darxol kiyim javoniga qo’ysangiz, matosi yaxshi qurimay nam hidi o’rnashib qoladi.
Dazmollash. Kostyum matosi yupqa bo’lsa, uni avval ichki tarafdan dazmollang. Qalin matoli kostyumlar esa osilgan holatda tozalab quritiladi.

Shuningdek:

-kostyumni o’rta bosimda orqa qismning ichki tarafini dazmollashdan boshlang. Asosiy e’tibor kostyumning pastki sohasiga qaratiladi.

-old qismini dazmollashda ham yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. Bunda oldi qismining yoqasi bilan tutashgan sohasiga diqqat qiling. Aynan mana shu qismida matodan mayda burmalar hosil bo’ladi.

Yenglarini dazmollash uchun mahsus tirgakni yengichiga joylab so’ng dazmol bosing. Shunda matoga chiziq tushurmay tekis dazmollanadi.
Bo’yinbog’

Tozalash. Bo’yinbog’ matosida dog’ qolishini hisobgaolib, suvda yuvish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bo’yinbog’ning dog’ tekkanqisminigina namlangan  mato bilan artibquritish kerak.

Dazmollash:

- Agar galstuk matosi g’ijimlangan bo’lsa, bog’lam qismini ichkariga qaratib o’rang va yig'ilgan dumaloq o’ram shakliga keltiring. Shu ko’rinishda 15-20 daqiqa qoldiring.

- Galstukni dazmollashdan avval tagiga qattiqroq qog’ozni qo’yib, ustiga namlangan dokani yoping va dazmollashni boshlashingiz mumkin.
Djinsi shimlar
Tozalash: jinsi matosining ham turli ko’rinishlari mavjud. Ba’zilarining rangi chiqadi, ba’zilariga esa suvning ta’siri bilinmaydi. Jinsi matosidan ishlangan shimlarni yuvishda alohida idishga suv to’ldirib, iliq suvda ivitiladi. Kimdir suvga ozroq tuz solib rangi chiqishidan himoyalansa, yana kimlardir faqatgina cho’tka yordamida ishqalaydi.

Shimni quritish uchun shakliga ta’sir etmaydigan ko’rinishda ilinishiga ahamiyat bering.
Dazmollash. Jinsi matosini dazmollashda shimning teskarisini o’giring.

Dazmol stoliga shimning bir tarafini tekis yoyib choklarini to’g’irlang. Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Agar tizza qismida matoning tortilishi yoki kengayishi bo’lsa, o’sha qimiga ko’proq dazmol ishlating.

Ikkala tarafini dazmollagach, cho’ntaklarini ichki tarafidan tekislang. Endi shimning o’ngini o’g’irib, ustidan avvalgi harakatlaringizni takrorlang.

Djinsi matosi dag’al bo’lgani bilan dazmol haroratida kuyib, rangi o’zgarishi mumkin. Shu bois haroratni o’rtacha bo’lishiga e’tibor qarating.

Dunyoning eng mashhur shaharlardagi ko’chalar

Har bir shaharda minglab sonli ko’chalar mavjud. Ammo, shunga qaramay, faqat bittasi yoki ikkitasi mashhurlikka erishmoqda. Negadir odamlar bu ko'chalarga boshqalarga qaraganda tez-tez tashrif buyurishadi. Shunday ko’chalarda bir qanchasini sizning e’tiboringizga havola etamiz....

“Muhtasham yuz yil” serialining “Turkiya go’zali” unvoniga ega bo’lgan aktrisalari

Mazkur serialda suratga tushgan aktrisalarning aksariyati go’zallik tanlovlarida ishtirok etganlar, ulardan uchtasi esa “Turkiya go’zali” unvoni sohibiga aylangan....

Albert Eynshteyn haqida qiziqarli ma’lumotlar

Eng taniqli fizik Albert Eynshteyn oddiy odam bo’lmagan. Olimning asosiy ishtiyoqi nimada edi, shaxsiy hayotida qanday voqealar yuz berdi, nega u prezident bo'lmadi, olimning ko'zlari va miyasi hozir qayerda? Shu kabi savollarning javobi quyidagi maqolamizda keltirilgan. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Issiq kunlarda qaysi kosmetika vositasi havfli sanaladi?

Yuz terisi ob- havo o’zgarishlariga nihoyatda ta’sirchan. Ayniqsa yoz faslida quruq havo va shamol teri yog’lanishi yoki quruqlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday muammolarni bartaraf etishda kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. Ammo jaziramada pardoz qilishning o’z qoidalari mavjud....

Issiq yoki sovuq: Organizm uchun qay biri ko’proq xavfli?

Ba'zilar issiqqa, ba'zilar sovuqqa toqat qilolmaydilar. Hech o’ylab ko’rganmisiz, ulardan qaysinisi ko’proq xavfli? Issiqlikdan najot yo'qdek tuyuladi, sovuqda hech bo’lmaganda o'rab, isinishingiz mumkin. Ammo aslida hammasi butunlay boshqacha......

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa

Shaxmatning qadimgi Hindistonda paydo bo’lganini hamma biladi. Ammo kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan yana bir necha narsalar haqida biz bilmagan edik......

Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari

Ushbu betakror shahar haqida juda ko’p bor eshitganingiz aniq. Uning o’ziga hos ko’rinishi butun dunyo sayyohlarini gul shirasi kabi o’zi tomon tortib turadi. Shu sababli ham bugungi maqolamizni aynan mana shu mo’jizaviy shaharga bag’ishlash niyatidamiz....

Kichik bo’lgan yuvinish xonasi uchun 11 ajoyib g’oya

Hatto eng kichik bo’lgan hammomni ham shinam va qulay yuvinish xonasiga aylantirish mumkin. Sizdan talab etiladigan narsa interyer dizayniga ahamiyat berish joylashuvdan to’g’ri foydalanishdir. Kichik hammomda kerakli buyumlarning barchasini qanday joylashtirishning eng muvaffaqiyatli namunalarini e'tiboringizga havola etamiz!...

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar - ehtimol siz bilmagan 36 eng g'aroyib ma'lumot

Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o’tamiz....

Fikr qo'shish