Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar


Quyida Shri-Lanka haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va uning so’lim maskanlari haqida aytib o’tamiz. Marhamat, ular bilan tanishing!
Shri Lanka so’zi Sanskrit tilidan tarjima qilinganida “Hudo nazari tushgan joy” degan ma’noni beradi.

Shri Lanka odamlarini rasmiy ravishda Lankiylar deb atashadi.

Mamlakat 1972 yilga qadar Seylon deb nomlangan.

Alut  Avurudi – Shir Lankaning Yangi yili bo’lib, uning aniq muddatini astrologlar hisoblab berishadi va odatda, ushbu sana aprel oyiga to’g’ri keladi.
Mamlakat aholisining 70 % ini buddaviylar tashkil qiladi.

Orolda dayving juda rivojlangan. Sababi, Shri Lanka suvlarida ekzotik baliqlar haddan tashqari ko’p.

Lankiylar bilan savdo-sotiq masalalarida tortishib bo’lmaydi.

Bu yerdagi eng mashhur mahalliy taom kottu hisoblanadi.U mayda to’g’ralgan hamir bo’lib, xamir bo’laklarini sabzavotlar, tuxum, baliq va go’sht bilan qovurishadi.
Shri Lankaning diqqatga sazovor joylari
Odam cho’qqisi

Ushbu nom bilan ataluvchi tog’ orolning g’arbiy qismidan o’rin olgan. Uning balandligi 2243 metrni tashkil qiladi. Tog’ cho’qqisida kichik ibodatxona mavjud bo’lib, buddaviylar bu yerni muqaddas deb hisoblashadi. Aytishlaricha bu yerda Buddaning oyoq izlari mavjud emish. Toqqa chiqish juda ham qiyin, amma shunga qaramay bu yerga kuniga minglab sayohatchilar tashrif buyurishadi. 

Sigiriya

Yuneskoning xalqaro meroslari ro’yxatiga kiritilgan ushbu yodgorlik o’zida ulkan qoya darasini aks ettiradi. Bir zamonlar bu yerda shoh Kasapa tomonidan qal’a qurilgan va uning atrofida favvorali bog’lar barpo qilingan. Keyinchalik qal’a ibodatxonaga aylantirilgan.
Dambulla ibodatxonasi

Ushbu tosh ibodatxona – Janubiy Osiyodagi eng katta ibodat maskani sanaladi. Bu yerdagi ibodat joyi tog’ning cho’qqisida, go’zal o’rmon o’rtasida joylashgan. Aytishlaricha, hududda 150 ta budda haykallari bor, ularning 73 tasi oltin bilan qoplangan. Ibodatxona nafaqat buddaviylar, balki sayyohlar orasida ham juda mashhur.
Kumana milliy bog’i

Ushbu bog’ Shir Lanka orolining janubi-sharqiy qirg’oqlarida, Kolombodan 391 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu bog’ oroldagi qushlarning ko’chish, uya qurish hamda ko’payishi uchun eng qulay va asosiy joyardan biri sanaladi. Milliy bog’ o’zining go’zal manzaralari, Kumana-Villu ko’li bilan nom qozongan.
Kurunegala

Kurunegala – singal davlatining qadimgi poytaxtlaridan biri bo’lgan. Shahar Kolomboning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Kurunegala shahri yettita tog’ bilan qurshab olingan, shaharning sharqiy qismida 150 metrlik qoya mavjud bo’lib, uning cho’qqisida Budda haykali ham bor.
Ushbu qoya nafaqat mahalliy odamlar, balki butun dunyodan tashrif buyurgan turistlar orasida ham mashhur bo’lib ketgan. Kurunegalaning yana bir mashhur qismida ko’l joylashgan. Uning yonida esa 1922 yilda qurilgan ibodatxonani ko’rish mumkin.

Kurunegaladan birozgina narida, Ridigama qishlog’ida Ridi Vihara kumush ibodatxonasi bor. Afsonalarga ko’ra, mamlakatni eramizdan avvalgi ikkinchi asrda boshqargan qirol Dutugemunu tomonidan boshlangan hududdagi ibodatxonaning qurilish ishlari yakunlanmay turib uning pullari tugab qoladi. Shu atrofdan topilgan kumush bo’laklari qurilishni yakunlash uchun imkon beradi va natijada, ibodatxona kumushrang tusga kiradi.
Fillar qo’riqxonasi
Fillar Shri Lanka hayotida muhim o’rin tutadi, shu sababli ham Pinnavela shaxrida davlatga qarashli fillar qo’riqxonasi yaratilgan bo’lib, u 1975 yildan faoliyat yuritib keladi. Bu yerga ota-onasidan ayrilgan yoki brakonerlardan aziyat chekkan fil bolalari olib kelinadi.

Qo’riqxonadagi fillar alohida parvarish qilinadi, ayrimlari dunyoning boshqa hayvonot bog’lariga yetkazib beriladi.  Ba’zan turistlarga qo'riqxonadagi fillarni sut bilan oziqlantirish imkoni ham beriladi.

Tarixdagi eng yovuz hukmdorlar

Dunyo tarixida ko’plab hukmdorlar o’tgan, ulardan ba’zilari o’zining zulmi, haddan tashqari qattiq qo’lligi bilan ajralib turgan. Quyida shulardan baz’ilarini keltirib o’tamiz......

Atrofimizdagi yoqimli “dushman”lar yoki salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi zamonaviy texnika vositalari

Uzoq davom etadigan toliqish, surunkali charchash, ertalabdan boshlab qiynaydigan bosh og’rig’i, holsizlanish kabi alomatlar uyda to’lib-toshgan elektr jihozlar (muzlatgich, televizor kabilar) tomonidan hosil bo’ladigan elektromagnit nurlanish oqibatida yuzaga keladi. Bu nurlanish organizmning himoya vositalarini keskin pasaytirib asab-ruhiy...

Balkon intereri uchun ajoyib g’oyalar

Ko’p qavatli uylardagi har bir balkon- o’ziga hos ombor vazifasini bajaradi. Bu yerda ko’pchilik keraksiz buyumlarni saqlaydi. Hamma bu narsalar qachonlardir kerak bo’lib qoladi degan fikrda, albatta. Ba’zi uy bekalari balkon qanchalar foydali joyga aylanishi mumkinligini tasavvur ham qilisholmaydi....

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Anor mevasining shifobaxsh hususiyatlari

Bugungi maqolamizda vitamin va antioksidantlarga boy bo’lgan anorning foydali hususiyatlari haqida gapirib o’tamiz!...

Turli millatlardagi go’zallikning ajoyib tushunchalari

Har qanday mamlakatda go'zallikning mahsus timsollari mavjud. Axir, har bir millatning jozibadorlik tushunchalari juda farq qiladi. Ba'zilar uchun jismoniy nomukammallik joziba va latofat sanaladi. Ishonmaysizmi? Bu yerda ba'zi ishonchli dalillar mavjud. Marhamat ular bilan tanishib chiqing!......

Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yo'llar

Deyarli har bir haydovchi mashina haydash tajribasida xavfli yo'l sharoitlarini boshdan kechirgan. Xavflar turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin, masalan, noqulay ob-havo sharoiti, mast haydovchilar va umuman olganda, sizning sayohatingizni istalgan vaqtda yomon sarguzashtga aylantirishi mumkin bo'lgan inson omili orqali. Boshqa tomondan,...

Inson xotirasi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Xotira odam hayotida muhim vazifani o’taydi. Usiz inson o’zligini yo’qotadi. Bugungi maqolamiz orqali inson xotirasi haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz!......

Zakot berishga qodir insonlar

Zakot berishga qodir insonlar zakot va sadaqotlarini eng avvalo ushbu ko'rsatilgan kishilarga berishdan boshlashlari kerak. Ulardan «dillari oshno qilinuvchilar» mansuh  etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga xam berilar edi, bu bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq, Islom rivoj...

Estoniyaning kishini hayranlantirishga qodir g’aroyib an’analari

Atrof-muhiti, diqqatga sazovor joylari ro'yxatidan tashqari bir mamlakat boshqa mamlakatdan nimasi bilan ajratib turadi? Albatta, mahalliy urf-odatlari! Bugungi maqolamizda Estoniyaning g’ayoyib urf-odatlari haqida gapirib o’tmoqchimiz!...

Fikr qo'shish