Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Gazak "Pishloqli lazzatlar"
Gazak "Pishloqli lazzatlar"


Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 200 gramm qisqichbaqa tayoqchasi
  • 200 gramm yumshoq pishloq
  • 50-100 gramm tuzlangan syomga balig'i (ta'bga ko'ra)
  • 1 bog' ukrop
  • Sarimsoq (ta'bga ko'ra)
  • Mayonez
Tayyorlash usuli:
1. Pishloqni qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
2. Shuningdek, qisqichbaqa tayoqchalarini ham qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
3. Baliqni mayda hajmda to'rg'ang.
4. Tayyorlangan masalliqlarni birlashtiring, maydalangan sarimsoqni va mayonezni soling.
5. Mayda to'rg'algan ukrop ko'katidan bir qism soling. Aralashtiring. Qo'lingizni sovuq suvda namlagan holda yumaloq shakllar yasang.
6. Nozik pishloqli sharchalarni hohishingizga ko'ra bezating. Darhol dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Mimoza salati

Idishga konserva baliq solinadi. Ustidan sanchqida bo'laklanadi. Baliq ustiga suvda qaynatilgan va qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka solinadi. Uning ustiga qaynatilgan tuhum oqi qirg'ichdan chiqariladi. Keyingi qatlamga mayonez surtiladi. Ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. Qolgan tuhum sarig'i bilan salat bezatiladi....

Grek salat

Barcha masalliqlar kubik qilib to'g'raladi. Ta'bga qarab tuz, limon suvi va yog' solib, aralashtiriladi. Eslatma: Zaytun yog'i o'rniga salat (pista) yog'ini ishlatish mumkin....

Dilorom salat

Ushbu salat 8-10 kishilik. Go'sht va pishloq somoncha, tuhum va bodring yarim oy shaklida to'g'raladi. Ko'katlar va salat bargi yirik to'g'raladi. Barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi....

Bauri salat

Tuhum suvda pishirib, artiladi. Bodring, kolbasa, qo'ziqorin, tuhum somoncha shaklida to'g'raladi. Pishloq qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Xamma masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi. Tayyor salat likopchalarda dasturhonga tortiladi....

Soya sousi ostidagi bodring

Bu juda ham mazali va hushbo'y! Juda ham tez tayyorlanaigan, oddiy salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Baqlajonli salat

Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi....

Shprotli gazak

Qora non, avval parrak, so'ngra uchburchak qilib kesiladi. Tosterda yoki tovada ozgina sariyog' bilan ikki tomoni qizartirib olinadi. Pomidor va bodringlar ingichka parrak qilib kesiladi. Sarimsok piez eziladi yoki mayda to'g'ralib, mayonez bilan aralashtiriladi. Non bo'lakchalari ustiga mayonez aralashmasi surib chiqiladi. So'ng, salat bargi, bir...

Koulslo salati

Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi....

Ismaloqli salat

Kamqonlikni oldini oluvchi va vitaminga to'yintiruvchi baxoriy salat. Ismaloq tozalanadi va qaynab turgan suvga solinib, 1 daqiqa mobaynida ushlab turiladi. Suvdan olib, silqitiladi. Piyoz to'g'rab, yog'da qovuriladi. Silqigan ismaloqqa qovurilgan piyoz, soya, ta'bga ko'ra ziravorlar solib, aralashtiriladi....

Olivye salati tayyorlash retsepti - kolbasa va go'shtli turi, bosqichlari, sirlari

Olivye – salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti juda oddiy, uni tayyorlash va eslab qolish oson. Aksariyat insonlarda ushbu salat yangi yil shukuhi bilan bog’lanadi. Quyida uning turli tayyorlanish usullari keltiriladi....

Fikr qo'shish