Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Gazak "Pishloqli lazzatlar"
Gazak "Pishloqli lazzatlar"


Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 200 gramm qisqichbaqa tayoqchasi
  • 200 gramm yumshoq pishloq
  • 50-100 gramm tuzlangan syomga balig'i (ta'bga ko'ra)
  • 1 bog' ukrop
  • Sarimsoq (ta'bga ko'ra)
  • Mayonez
Tayyorlash usuli:
1. Pishloqni qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
2. Shuningdek, qisqichbaqa tayoqchalarini ham qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
3. Baliqni mayda hajmda to'rg'ang.
4. Tayyorlangan masalliqlarni birlashtiring, maydalangan sarimsoqni va mayonezni soling.
5. Mayda to'rg'algan ukrop ko'katidan bir qism soling. Aralashtiring. Qo'lingizni sovuq suvda namlagan holda yumaloq shakllar yasang.
6. Nozik pishloqli sharchalarni hohishingizga ko'ra bezating. Darhol dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Mujskoy kapriz salati tayyorlash retsepti - usullari, restorancha varianti

“Mujskoy kapriz” – ko’pchilik eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibida turli go’shtlar mavjudligi sababli, erkaklar ko’proq uni xush ko’rishadi. Ushbu salatning afzalligi – u juda to’yimli hisoblanadi, hatto asosiy taomning o’rnini bosishga ham qodir....

Dudlangan pishloqli salat

Barcha masalliqlar somoncha to'g'raladi. Ko'katlar mayda to'g'raladi. Ta'bga qarab tuzi rostlanib, barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi....

Barno salati

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, sho'r suvda 4-5 daqiqa qaynatib olinadi. Sabzi, bodring yirik somoncha to'g'raladi. Pomidor 5-6 bo'lakka bo'linadi. Piyoz yirik to'g'raladi. Oldin qozonga yog' solib, piyozni o'lguncha qovuramiz. Uning ustiga sabzini solib, qovurishda davom etamiz. Sabzi o'lgach, ustiga pomidorni solamiz. Pomidor chala o'lgach,...

Mimoza salati

Idishga konserva baliq solinadi. Ustidan sanchqida bo'laklanadi. Baliq ustiga suvda qaynatilgan va qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka solinadi. Uning ustiga qaynatilgan tuhum oqi qirg'ichdan chiqariladi. Keyingi qatlamga mayonez surtiladi. Ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. Qolgan tuhum sarig'i bilan salat bezatiladi....

Turpli salat

Xamma masalliqlar mayda somoncha to'g'raladi. To'g'ralgan turpni tahiri chiqishi uchun biroz muddatga suvga solib quying. So'ngra, barchasi aralashtiriladi....

Shprotli gazak

Qora non, avval parrak, so'ngra uchburchak qilib kesiladi. Tosterda yoki tovada ozgina sariyog' bilan ikki tomoni qizartirib olinadi. Pomidor va bodringlar ingichka parrak qilib kesiladi. Sarimsok piez eziladi yoki mayda to'g'ralib, mayonez bilan aralashtiriladi. Non bo'lakchalari ustiga mayonez aralashmasi surib chiqiladi. So'ng, salat bargi, bir...

Darmon-dori salat

Qaynatilgan lavlagi qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Yong'oq va sarimsoq piyoz eziladi, yoki mayda to'g'raladi. Tayyor massaga mayonez qo'shiladi. Yong'oq yoki sarimsoq piyozni hushlamaydiganlar uni qo'shmasa xam bo'ladi....

Bauri salat

Tuhum suvda pishirib, artiladi. Bodring, kolbasa, qo'ziqorin, tuhum somoncha shaklida to'g'raladi. Pishloq qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Xamma masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi. Tayyor salat likopchalarda dasturhonga tortiladi....

"Qish ziynati" salat

Kartoshka va lavlagi suvda qaynatib olinadi. Oq piyoz ikkiga bo'linib, mayda parrak qilib to'gralib, biroz suvda chayqab olinadi. Shunda piyozning achchig'i ketadi. Ko'k piyoz mayda to'g'raladi. Barcha masalliqlar to'rtburchak qilib to'g'raladi va aralashtiriladi....

Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat

Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor bo'luvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham ma'qul bo'lib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi....

Fikr qo'shish