Gazak "Nemischa forshmak"

Gazak "Nemischa forshmak"
Gazak "Nemischa forshmak"


Forshmak so'zi nemischadan olingan bo'lib, gazak degan ma'noni anglatadi. Bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 250 gramm qovurilgan yoki pishirilgan mol go'shti
  • 1/2 seld balig'i (tuzlangan)
  • 2 osh qoshiq un
  • 2-3 dona pishirilgan kartoshka
  • 2-3 osh qoshiq smetana
  • 2-3 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan pishloq
  • 1 osh qoshiq yumshatilgan saryog'
  • Tuz va murch, o'simlik yog'i
  • 1 osh qoshiq saryog' va 1 dona piyoz
Tayyorlash usuli:
1. Pishirilgan kartoshkadan pyure tayyorlang. Saryog'da qovurilgan piyozni qo'shing va aralashtiring.
2. Pishirilgan go'sht va tozalangan seld balig'ini go'sht maydalagich yoki blenderdan chiqaring.
3. Kartoshka pyuresiga seld-go'shtli massa, un, saryog', smetanani birlashtiring va blenderda aralashtiring.
4. Tayyorlangan massaga tuxum sarig'i, tuz va murchni soling. Tuxum oqini ko'pirtiring va massaga solib, extiyotkorlik bilan aralashtiring.
5. Pishirish qolipiga yog' surting va tayyorlangan massani soling, tekislang.
6. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni seping va yog' seping. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiring.
7. Forshmak pishirish qolipi devorlaridan ajralishni boshlashi bilan tayyorligini bilish mumkin. Belgilangan vaqt o'tib, nozik va mazali gazakni kesib, smetana-tomatli sous bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shashlik tayyorlash - go'shtni tanlash, marinadlash, tayyorgarlik ko'rish, tavsiyalar

Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida, kimdir esa tabiatda shashlik tayyorlaydi. Tashqi tarafdan shashlik pishirish oson ko’rinadi. Lekin hammasini yanada yaxshiroq qilish mumkin...

Ko'k somsa

Undan o'rtacha yumshoqlikda sho'r suvga oddiy hamir qilinadi. Va biroz tindirib qo'yiladi. Ko'katlar tozalanib, kartoshka va go'sht kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga...

Beshbarmoq

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi....

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Qiyma kabob

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi. So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi. Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi. Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki...

Farshli seld balig'i

Bu juda ham mazali! E'tiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib ta'mni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

Yupqadagi shaurma yoxud lavashni ko’pchilik ko’chadan xarid qilishga odatlangan, e’tiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida bo’lishamiz....

Fikr qo'shish