"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi
"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

Ajoyib va mo'jizaviy taom! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 500 gramm qavatli xamir
  • 300 gramm go'sht
  • 1 dona piyoz
  • 3-4 dona kartoshka
  • 100 gramm saryog'
  • 1 dona tuzlangan bodring
  • 1 dona tuxum
  • 50 gramm pishloq
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Xamirni yoying va 12 dona bir xil hajmda, to'rtburchak shakllar kesing. Xamirning qarama-qarshi tomonlaridan kesiq qiling.
2. Tozalangan kartoshkani tuz solingan suvda, butunlay tayyor bo'lgunga qadar pishiring. 30 gramm saryog' soling va pyure tayyorlang. Tuzlangan bodringni mayda hajmda to'rg'ang.

3. Go'shtni mayda to'rg'ang, qolgan saryog' qismida qovuring. Tuz va murch soling. Yarim halqa hajmida to'rg'algan piyozni soling va 10 daqiqa davomida, qopqoq ostida dimlang. So'ng, usti ochiq holda, baland olovda, butunlay ortiqcha sharbati ketguncha pishiring.

4. 1 osh qoshiq kartoshka pyuresini xamir ustiga soling, xamir hajmi bo'ylab tekislang. Go'sht soling, bodringni soling.
5. Xamirning qarshi qismlarini ustma-ust yoping. Kesiq chiziqlar ochiq qolgan holda.
6. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga bulochkalarni tering. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni ochiq qismga seping. Ko'pirtirilgan tuxum bilan surting. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiring.
7. Belgilangan vaqt o'tib, tayyor va mazali qayiqchalarni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish