Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"
Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"


Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 90 gramm suluguni pishlog'i
  • Un
  • 20 gramm non suxarisi
  • Petrushka, rayhon
  • 100 gramm pomidor
  • 1 gramm tuz
  • 10 gramm chili sousi (shirin)
  • Suv
Tayyorlash usuli:
1. Suluguni pishlog'ini hohishingizga ko'ra bo'laklarga bo'ling va unga bulang.
2. Un va suvni aralashtirib klar tayyorlang. Pishloq bo'laklarini klarga botiring.
3. Petrushka bilan aralashtirilgan non suxarisiga pishloq bo'laklarini yumalating. Pishloq bo'laklarini oshxona sochig'iga qo'ying.
4. Pomidorni mayda shaklda to'rg'ang. To'rg'algan rayhon ko'kati va pomidorni birlashtiring. Chili sousini qo'shing va tuz solib, aralashtiring.
5. Pishloq bo'laklarini qizdirilgan yog'da, tilla tusga kirgunga qadar qovuring (taxminan 40 soniya).
6. Pishloq bo'laklarini gazak tortiladigan idishga soling. Pomidorli salatni bir chetiga soling, rayhon bargi bilan bezating. Darhol dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Dimlama

Go'sht, kartoshka, karam va sabzi kerakli kattalikka bo'linadi. Toza qozon tubiga go'sht bo'laklari terib chiqiladi. So'ngra to'g'ralgan piyoz, sabzi, karam va kartoshka teriladi. Bunda xar bir qatlam ustiga ozginadan tuz sepiladi. Eng ustiga to'g'ralgan pomidor va sarimsoqpiyoz bo'lakchalari solinadi. Qozon gazga qo'yilib, yarim kosa suv...

Tuxum-ko'katli pirog

Bu juda ham ajoyib! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Golapa" gazagi

Hind oshxonasining mashhur va sevimli taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Beshbarmoq

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi....

Qovoq somsa

Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog'i kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga bo'linadi. Va bo'lakchalar cheti jo'valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl...

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Fikr qo'shish