"Qizil yurak" gazagi

"Qizil yurak" gazagi
"Qizil yurak" gazagi

Ajoyib gazak! Go'zal ko'inish, ajoyib ta'mga ega. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 10 dona tartaletka
  • 150 gramm tvorog
  • 100 gramm brinza
  • 3 osh qoshiq smetana
  • 2 dona tuxum
  • Ta'bga ko'ra ko'kat (ukrop)
  • 20 dona pomidor cherri
  • Bezak uchun qizil ikra
Tayyorlash usuli:
1. Blender yordamida tvorog, brinza, pishirilgan tuxum, mayda to'rg'algan ko'kat va smetanani birlashtirib, aralashtiring.
2. Pomidorlarni yuving va bosh burchagini kesib oling.
3. So'ng, ikki pomidor bo'lagini birlashtiring va yurakcha shakliga keltiring.
4. Tartaletkalarni tayyorlangan asos bilan to'ldiring. Yurak shakllarini qo'ying.
5. Qizil ikrani yurak atrofi bo'ylab terib chiqing. Ishtaxa ochar va mazali gazakni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish