She’rlarimda sizning dardingiz uzbekcha sher

She’rlarimda sizning dardingiz
She’rlarimda sizning dardingiz

Men ko‘nglimni sizga ochmadim,
Misralarim sizning ko‘nglingiz.
Dardlarimni to‘kib sochmadim,
She’rlarimda sizning dardingiz !

Har on ko‘rdim mungli ko‘zlarni,
Nigohida bir dunyo xasrat.
Sabr bilan tinglab so‘zlarni,
She’r yozishga izladim fursat !

Kimdir g‘amdan maktub yo‘lladi,
Kimdir bahtdan so‘zladi to‘lib.
Meni faqat Olloh qo‘lladi,
Yozaverdim qalamim o‘pib !

Dunyo shunday tun va kun ekan,
Sizga ko‘proq kunlar tiladim.
Bag‘ringizni yulganda tikan,
Sizla birga g‘amga quladim !

Siz kulsangiz, she’rlarim kuldi,
Yig‘lasangiz yig‘ladi, qalam.
Goh misralar gul kabi undi,
Yarangizga she’r bo‘ldi malham !

Qani edi qo‘limdan kelsa,
Shodlikdardan doston yozardim.
O‘z jonimdan tutib guldasta,
Har biringiz baxtga o‘rardim !

Yozmas edim shunda g‘amgin she’r,
Bir devona shoir bo‘lmasdim.
Oh, bu qalbim buncha sizni der,
Gar demasa, sizni bilmasdim !

Xayot shudir, inson umri shu,
Taqdir kulsa, g‘am kulmas edi.
Qalamimning aytar so‘zi shu,

Fikr qo'shish