Asosli kroketlar

Asosli kroketlar
Asosli kroketlar

Ustki qismi qarsildoq, ichi nozik asosli - bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 600 gramm kartoshka
  • 5-6 dona sarimsoq donachasi
  • Petrushka
  • 6-7 dona anchous baliq
  • 60 gramm sarimsoq
  • 2 dona tuxum
  • Un va quritilgan non ushog'i
Tayyorlash usuli:
1. Tuz solingan suvda kartoshkani, butunlay tayyor bo'lgunga qadar pishiring. So'ng, sovuting.
2. Bu vaqt mobaynida asosni tayyorlang. Sarimsoq va petrushkani mayda to'rg'ang. Birlashtiring.
3. 6-7 dona anchous balig'ini sarimsoqli massaga birlashtiring. Mayda to'rg'algan, yumshatilgan saryog'ni soling.
4. 2-3 daqiqa davomida, bir xil massa hosil bo'lgunga qadar, sanchqi yordamida aralashtiring. Kartoshka pyuresi tayyorlangunga qadar muzlatgichga qo'ying.
5. Pishirilgan kartoshkani tozalang. Tuxumni soling va pyure qiling.
6. Choy qoshiq yordamida asosdan sharchalar qiling. Osh qoshiqda kartoshka pyuresidan kaftingizga yozing, asos sharchasini soling va asosni pyure bilan o'rang. Qolgan masalliqlar bilan ham shu holni takrorlang.
7. 1 dona tuxum va 1 osh qoshiq suvni aralashtiring. Unni aloxida idishga soling. Non ushog'ini aloxida idishga soling.
8. 180 darajada yog'ni qizdiring. Kroketlarni birinchi unga, tuxumga, so'ng, non ushog'iga yumalating va darhol yog'da qovuring. Kroketlarni oshxona sochig'iga, ortiqcha yog'i ajralishi uchun oling.
9. Tayyor va nozik kroketlarni ta'bga ko'ra sous bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish