Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya

Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya
Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya


Har bir ayolning uy tozaligi borasida o’z sir asrorlari bor. Ammo bunday “mahorat”ga ega emaslar ham bor. Quyidagi tavsiyalarimiz sizga uy sarishtaligida qo’l kelishiga aminmiz.

Avvalo uy yig’ishturishda, xoh changyutgichdan foydalanasizmi yoki supurgidan, gilam ustini nam latta bilan artishga odatlaning. Ortiqcha chang- g’ubordan halos bo’lasiz. Mabodo shunda ham gilam tuklari bir-biriga yopishgandek ko’rinsa, bunday qiling: chelakka iliq suv to’ldirib, ozroq shampundan qo’shing. So’ng dag’al tishli cho’tkani suvda namlang-da, gilam yuzasini ishqalang. Tuklarining namiqqanligidan foydalanib, keraksiz sanchqida ularni asta tarang. Ahamiyat bering, gilam qurimagunicha usti bosilmasligi kerak.
Ovqatni ko’p aralashtirish kerakmi?
Aslida bu notog’ri. Suyuq taom pishirayotganda har zamon tagiga olmasligi uchun qozon kovlab turilsa bas. Yo’qsa mahsulotlar yaxshi aralashmay, maydalanib ketadi. Qarabsizki ovqatingiz bo’tqa holiga keladi.
Yangi gaz pechini harid qildingiz deylik. Har taom tayyorlagandan so’ng plitani tozalashga erinsangiz yoki vaqtingiz tig’iz bo’lsa, zarqog’ozdan foydalaning. Buning uchun plita ustiga o’lchamiga moslab qog’oz solasiz. Ikki-uch haftda zarqog’ozni alishtirib tursangiz yetarli, ham vaqtingiz tejaladi ham idish yuvish vositasi iqtisod bo’ladi.

Xamirni qorgach, uzoq mushtlash kerak degan fikr notog’ri. Uzoq mushtlangan hamirda ortiqcha yopishqoqlik yuzaga keladi va u keragidan tashqari qattiqlashadi. Xamirni bir hil aralashma holiga kelguniga qadar mushtlang. Unni elab ishlating, bu xamirning yumshoq bo’lishida yordam beradi.
Oddiygina tish cho’tkasi
Uning yordamida rakovina, hojatxona va vannaxonadagi tozalash qiyin bo’lgan kichik burchaklarni ozoda ko’rinishga keltirish mumkin. Misol uchun, hojatxona unitazining ichki tarafini olsak, odatdagi cho’tka ichkariga qayrilgan qismiga sig’maydi, natijada bakteriya va mikroblar shu holicha qolib ketaveradi. Foydalanilmaydigan tish cho’tkasi esa,  katta cho’tkalar eplolmaydigan vazifani a’lo darajada uddalab, ishingizni yengillashtiradi. Faqat tozalash ishlaridan so’ngtish cho’tkasini bir chetga olib qo’yishni unutmang.
Kafel artish jarayonida
Namlangan lattani to’rtga buklab oling. Ishingiz anchayin osonlashadi. Lattaning bir tarafini ishlatgach, qolgan uch qismidan bemalol foydalanasiz. Kafel tozalashda sovun yoki kir yuvish kukunidan foydalanmang. Ular tarkibidagi ishqor kafel yuzasida dog’ paydo qiladi, so’ng har qancha toza suvda chayilsa ham xiraligi ketmaydi. Yaxshisi, iste’mol sodasini ozroq suvda eritingda, uni kafel boylab tarqating. Keyin yumshoq mochalka bilan ishqalab olsangiz yetarli.
Tova tozalash
Quymoq pishirgandan so’ng, tova sovishini kuting. Issiqligida suv tagiga olib borsangiz, bir necha marotaba foydalangandan keyin tagi oladigan ko’rinishga keladi. Yana bir gap tovaning ichki qismini “chistol” kukunida ishqalamang. Yuzasi qiriladi.
Go’shtni qovurishdan oldin yuvish kerak, ammo undan so’ng likopcha yoki kosaga solib qo’yish hato. Negaki go’shtdan ajralgan suyuqlikda mikrob va bakteriyalar bor. Siz go’shtni chayib, undagi yopishqoqlikni ketkazgandek bo’lasiz, ammo u o’zidan ajralgan suyuqlikda turib qolarkan, ichak tayoqchalarini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan zararli mikroorganizmlarga to’yinadi. Go’shtni chaydingizmi, qog’oz salfetka ustiga qo’yib quriting.

O’z tashqi qiyofasidan qoniqmaydigan 10 nafar Gollivud yulduzlari

Bizga deyarli ideal ko’rinuvchi Gollivud yulduzlari o’zlarining kamchiliklaridan uyalishi to’grisida gapirishgan. Bugungi maqolamiz orqali ko’rinishidan qoniqmaydigan Gollivud yulduzlari haqida keltirib o’tamiz....

Arxiv: Buyuk Britaniya qirollik oilasining yorqin 18 fotosuratlari

Lord Entoni Armstrong-Jons Snoudon taniqli fotograf va qirolicha Yelizaveta II ning singlisi bo’lgan malika Margaret Rouz Vindzorning sobiq turmush o’rtog’i. U 60 yil davomida Vogue jurnali bilan ishlagan, ammo uning eng taniqli asarlari qirollik oilasining fotosuratlari. U 86 yoshida vafot etdi va butun dunyoga Buyuk Britaniyadagi asosiy oilaning...

Antiqa g’aroyib va noodatiy mashinalarning foto suratlari

Avtomobil egasi haqida ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Ba'zi odamlar boshqalardan ajralib turish yoki o’zining ijtimoiy mavqeini ta'kidlash uchun qimmat yoki noyob avtomobillarni sotib olishadi. Boshqalar esa e'tiborga loyiq bo'lmagan mashinani mutlaqo g'ayrioddiy narsaga aylantirishga qodir, ular ko'chalarda o'tayotganlarning ko'ziga...

Xurmo foydasi

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. U yer yuzidagi eng shifobaxsh mevalardan biri bu arab xurmosidir. Bu meva oziq moddalarga boy. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini yaxshilaydi. Xolesterinni pasaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o'rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy,...

Turli xil qisqagina qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda har sohaga oid bo’lgan faktlardan bir qanchasini e’tiboringizga havola etamiz......

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi. Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q! Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 7 qoidasi

To'satdan paydo bo’lgan COVID-19 barchani biroz tashvishga solib qo’ydi. Hozir barcha uyda qolib kasallik yoyilib ketishini oldini olmoqda. Karantin muddati qancha payt davom etishini hech kim aniq ayta olmaydi. Shunday ekan bu muddat ichida semirib ketishning oldini olish to’g’risida o’ylasak ham zarar qilmasa kerak. Quyida keltirgan 7 ta asosiy...

Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar

Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo'lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog'liq - ba'zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko'radi. Qizig'i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni...

Qo’lda kir yuvishning afzalliklari

Kir yuvish mashinalari ixtiro qilingach, qo’lda kir yuvishning ahamiyati susaygandek bo’ldi. Ammo barcha yumushlaringizni texnika “qo’l”iga topshirish ham yaramaydi......

Fikr qo'shish