Baqlajonli rulet

Baqlajonli rulet
Baqlajonli rulet


Gazak uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona baqlajon
  • 150 gramm o'simlik yog'i
  • 100 gramm pishloq
  • 150 gramm tvorog
  • 3-5 dona sarimsoq donachasi
  • 40 gramm yong'oq
  • 40 gramm ko'kat (ukrop, kashnuch, rayhon)

Tayyorlash usuli:
1. Yuvilgan baqlajonni uzunligi bo'ylab, yupqa shaklda kesib chiqing. Tuz seping va 5 daqiqaga qoldiring. So'ng, yuving va quriting.
2. Tovada yog'ni qizdiring. Baqlajon bo'laklarini har tomonlama, qizartirib qovuring. So'ng, oshxona sochig'iga oling, ortiqcha yog'i ajralishi uchun.
3. Asosni tayyorlang. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, tvorog, mayda to'rg'algan sarimsoq, ko'kat va maydalangan yong'oq, tuz, murchni birlashtiring va aralashtiring.
4. Baqlajon bo'lagi boshiga choy qoshiqda asosdan soling va rulet shaklda o'rang.
5. Tayyor ruletni ko'kat shoxchalari va maydalangan yong'oq bilan bezating. Dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vera salat

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, idishga solinib, tuz sepiladi. Piyoz yirik to'g'ralib, qovuriladi. 10-15 soniyadan so'ng baqlajonni o'zidan chiqqan suvidan ajratilib piyoz ustiga solinib, qovuriladi....

Mimoza salati tayyorlash - retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich jarayoni

“Mimoza” salati – pazandalik klassikasi sanaladi. Maydalangan tuxum sarig’i bilan bezatilgan ushbu salat gullarni eslatib, dasturxonga bayramona qiyofa bag’ishlaydi, shuning uchun Mimoza salati bayram marosimlarida tez-tez tayyorlanadi. Salat juda yumshoq va to’yimli sanaladi, quyida uning klassik retsepti sizga havola etiladi....

Shprotli gazak

Qora non, avval parrak, so'ngra uchburchak qilib kesiladi. Tosterda yoki tovada ozgina sariyog' bilan ikki tomoni qizartirib olinadi. Pomidor va bodringlar ingichka parrak qilib kesiladi. Sarimsok piez eziladi yoki mayda to'g'ralib, mayonez bilan aralashtiriladi. Non bo'lakchalari ustiga mayonez aralashmasi surib chiqiladi. So'ng, salat bargi, bir...

Maftun salat

Tuhum suvda pishirib, artiladi. Bodring, kolbasa, qo'ziqorin, tuhum va salat bargi somoncha shaklida to'g'raladi. Xamma masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi. Tayyor salat likopchalarda dasturhonga tortiladi....

Koulslo salati

Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi....

Ko'klamoy salat

Shoshilinchda tayyorlash oson va tez bo'lgan vitaminlarga boy baxoriy salat. Bodring va ko'katlar yuvib, mayda to'g'raladi. Ta'bga ko'ra ziravorlar solib, qatiq bilan aralashtiriladi....

Go'shtli koreyscha salat

Juda ham mazali salat! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar

Shuba ostidagi seld yoxud shuba salati eng mashhur ruscha salatlardan biridir. U salatsiz deyarli hech bir bayram, ayniqsa yangi yil bayrami o’tmaydi. Salatni tayyorlash retsepti yetarlicha oson, har bir beka buni uddalay oladi....

Dilorom salat

Ushbu salat 8-10 kishilik. Go'sht va pishloq somoncha, tuhum va bodring yarim oy shaklida to'g'raladi. Ko'katlar va salat bargi yirik to'g'raladi. Barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi....

Fikr qo'shish