Lasos kremli rulet

Lasos kremli rulet
Lasos kremli rulet


Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 6 dona tuxum
  • 100 gramm un
  • 50 gramm kraxmal
  • Bir chimdim tuz
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 300 gramm lasos balig'i (tuzlangan)
  • 100 gramm saryog'
  • 170 gramm rikotta pishlog'i
  • 1 dona sarimsoq donasi
  • 1 choy qoshiq petrushka ko'kati sharbati
Tayyorlash usuli:
1. Tuxum oqini tuz va shakar bilan ko'pirtiring.
2. Tuxum sarig'i, un va kraxmalni solib, extiyotkorlik bilan tez aralashtiring.
3. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga, xamirni solib, tekislang. 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishiring.
4. Pishgan biskvitni issiq holida sochiq bilan rulet qilib o'rang.
5. 160 gramm lasos balig'ini blender yordamida maydalang.
6. Saryog' va maydalangan lasosni mikser yordamida ko'pirtiring.
7. Rikotta pishlog'ini petrushka sharbati bilan ko'pirtiring. Maydalangan sarimsoqni qo'shing.
8. Biskvit korjini yoying. Birinchi lasosli krem so'ng, rikottali kremini surting. Zich qilib, ruletni o'rang.
9. Qolgan baliq qismidan yupqa bo'laklar kesing, atirgul shaklida o'rang. Ruletni yupqa qalinlikda kesing, baliqli gullarni rulet atrofiga terib, bezating. Mazali va nozik gazakni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ajoyib desert: "Malika" torti

Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo...

Italyancha pechenya

Italya oshxonasining mashhur retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz. Juda ham nozik va og'izda erib ketuvchi ushbu pechenyaning tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bir olam quvonchni taqdim etadi. Dasturxon davrasida chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Malina-shokoladli tort

Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Nyu York chizkeyki

Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish