G'alati hodisa

G'alati hodisa
G'alati hodisa

Bir erkak farzandi yo‘qligidan xotini bilan ajrashibdi. Anchadan keyin boshqa bir qizga uylanib bolali chaqali bo‘lib baxtli yashay boshlabdi. Oradan o‘n yil o‘tib xizmat safari bilan boshqa shaxarga ketibdi. Ishlarini tugatib avtobusga chipta olib jo‘nashiga ikki soat borligi uchun magazin aylanib yursa birinchi xotinini ko‘rib qolibdi. 

A ncha gaplashib hol-axvol so‘rabdi. Xotini boshqa turmush qurmagan ekan. Xotini bir xujjatli ish bor deb yordam so‘rabdi. Sobiq eri soatga qarab yarim soat vaqti qolganini avtobus ketishini aytibdi. Xotin bor yo‘g‘i oz vaqtda hal bo‘lishini aytibdi. Sobiq er rozi bo‘libdi. Qandaydir bino oldiga kelishibdi. Xotin bir eshikni ochib shu yerda kutishini so‘rab ichkariga kirib ketibdi. Erkak ancha kutibdi. Soatga qarab avtobus ketganini, kechikkanini bilibdi. Shunda xotin kirgan eshikni taqillatibdi. Xech kim javob bermagach eshikni itarib ichkariga kiribdi. Xona kattagina bo‘lib juda xam tashlandiq joy ekan.

U xonada xech kim yo‘qligini ko‘rib ajablanib xonadan chiqibdi. Bu binodan chiqib ketarkan bino xam juda xaroba ekanligini ko‘ribdi va bu yerga xech qanday insonni anchadan beri qadami yetmaganini tushunibdi. Avtobus bekatiga yetganda birinchi xotinini uyiga borishga qaror qilibdi. Qaynonasi iliq kutib olibdi. Qizi u bilan ajrashgandan keyin ikki yil o‘tib saraton kasali bilan og‘rib o‘lganini aytibdi. Erkak qanday avtobus bekatiga yetib borganini bilmay qolibdi. Avtobusga chipta olayotib kech qolgan avtobusi baxtsiz voqea sababli tog‘da jarlikka qulab xamma odamlar o‘lganini eshitib hayron bo‘lib qolibdi...!!!

Fikr qo'shish