Go'shtli koreyscha salat

Go'shtli koreyscha salat
Go'shtli koreyscha salat


Juda ham mazali salat! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona bodring
  • 1 dona qizil bulg'oq qalampiri
  • 400 gramm mol go'shti
  • 1 choy qoshiq qizil achchiq qalampir
  • 3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 choy qoshiq koriandr kukuni
  • 3-4 osh qoshiq soya sousi
  • 2 osh qoshiq 5 % sirka
  • 1 dona piyoz
  • 1/2 choy qoshiq shakar
  • 2 dona sarimsoq donachasi
  • 1 choy qoshiq tuz
Tayyorlash usuli:
1. Bodringni boshki qismlarini kesib oling, 2 yoki 3 qismga bo'ling. So'ng, yana 3-4 qismga kesing.
2. Oshxona tog'orachasiga solib, tuz seping va 15-20 daqiqaga chetga olib qo'ying.
3. Mol go'shtini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang.
4. Tozalangan piyozni yarim halqa shaklida to'rg'ang.
5. Bodringlarni ozgina siqib, ajralgan sharbatini to'kib tashlang. Qizil qalampir, koriandr, maydalangan sarimsoq va shakarni soling.
6. Tovada qizdirilgan yog'da go'shtni solib, baland olovda qovuring. Go'shtdan suv ajralishni boshlashi bilan piyozni soling, 1 daqiqa davomida qovuring. So'ng, soya sousini quying va yana 1-2 daqiqa davomida qovuring.
7. Belgilangan vaqt o'tib, tayyorlangan issiq go'shtni bodring ustidan quying.
8. Bulg'or qalampirini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang va bodring ustiga soling. Sirkani aylantirib quying va 5 daqiqadan so'ng aralashtiring. Salatni butunlay sovuting.
9. Tayyor va mazali salatni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Dollar salati

Go'sht parrak qilib to'g'raladi. Tuhum, bodring 2ga bo'lib parrak to'g'raladi. Ko'k piyoz yirik to'g'raladi. Xamma masalliqlar ustiga tuz sepilib, keyin aralashtiriladi....

Grek salat

Barcha masalliqlar kubik qilib to'g'raladi. Ta'bga qarab tuz, limon suvi va yog' solib, aralashtiriladi. Eslatma: Zaytun yog'i o'rniga salat (pista) yog'ini ishlatish mumkin....

Koulslo salati

Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi....

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Smak salati tayyorlash resepti - bosqichma-bosqich + foto, tavsiyalar

“Smak” salati juda mashhur, deyarli har bir kafe menyusida mavjud. Salatani tayyorlash oson va masalliqlarni topish mushkul vazifa emas. Aksariyati har doim sovutgichda bo’ladi. Shunga qaramay, salat juda mazali sanaladi. Uni mayonez, smetana yoki zaytun moyi bilan to’ldirish mumkin....

Sezar salati - resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va suxariklari

Sezar salati so’nggi paytda juda mashhur bo’lib bormoqda. U ko’plab turli reseptlarga ega, unga qisqichbaqa, tovuq, kurka go’shti, tovuq yoku bedana tuxumlari, shampinyon, brinza, pishloq, yong’oq, bulg’or qalampiri va hatto jo’xori, mayiz yoki ananas ham qo’shib tayyorlanadigan turlari mavjud. Ushbu maqolada esa an’anaviy tovuq go’shtidan...

Vinegret salati tayyorlash - retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Vinegret ham bayram dasturxoni, ham kundalik tamaddilar uchun juda mos keladigan salat. Barchaga ma’lumki, salatning asosini sabzavotlar tashkil etadi va bu organizm uchun juda foydalidir. O’simlik moyi bu holda mayonez o’rnini yaxshi bosa oladi. Vinegret tayyorlash hatto yosh bekalarda ham qiyinchilik chaqirmaydi. Demak, marhamat....

Xitoycha baqlajon salati

Ajoyib gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi butun bir lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Yaqinlaringizga lazzatlanishni ulashing. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Dudlangan pishloqli salat

Barcha masalliqlar somoncha to'g'raladi. Ko'katlar mayda to'g'raladi. Ta'bga qarab tuzi rostlanib, barcha masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Elizabet
    Elizabet 16 июня 2026 16:28
    References:


    Jackpot Casino Bonus ohne Einzahlung

Fikr qo'shish