O'rdakli kanape

O'rdakli kanape
O'rdakli kanape


Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona o'rdak ko'krafi (filesi)
  • 2 osh qoshiq soya sousi, shakar
  • 1 osh qoshiq asal
  • 2 osh qoshiq oq sharob yoki olma sirkasi
  • 1/2 choy qoshiq tabasko sousi yoki achchiq sous
  • 1/2 choy qoshiq kraxmal
  • 1/3 choy qoshiq zanjabil kukuni (imbi)
  • 24 dona uzum mevasi
  • 24 dona kichik mosarella yoki 2 dona katta
Tayyorlash usuli:
1. Har bir o'rdak go'shtini to'rtburchak shaklda, 12 qismga bo'ling.
2. Soya sousi, shakar, asal, sirka, tabasko, zanjabil va kraxmalni birlashtiring va aralashtiring.
3. Quruq, o'rta olovda qizdirilgan tovada o'rdak go'shtini har tomonlama 3 daqiqa davomida pishiring.
4. Sousni go'sht ustidan quying va 1 daqiqa davomida dimlang. O'rdak go'shtini laganga suzib oling, sovuting.

5. O'rdak go'shti, mosarella, uzum mevasi shu ketma-ketlikni takrorlagan holda yog'och shixlarga o'tkazib chiqing.

6. Tayyor gazakni ko'kat barglari bilan bezating. Dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!...

Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – o’zbek oshidir....

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Jisoo
    Jisoo 4 октября 2023 02:52
    Judayam zor
  2. Офлайн
    valijon
    valijon 27 июля 2021 11:38
    zur qorin och qolganda ayniqsa

Fikr qo'shish