Qo'ziqorin-kartoshkali rulet

Qo'ziqorin-kartoshkali rulet
Qo'ziqorin-kartoshkali rulet


Mazali, tez va to'yimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak o'rnini va mazali pirog o'rnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona lavash noni
  • 500 gramm kartoshka
  • 1 dona piyoz
  • 3 dona sarimsoq donachasi
  • 100 gramm shampinon (pishirilgan)
  • 1 bog' ko'kat
  • 3 osh qoshiq o'simlik yog'i va qovurish uchun
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Kartoshkani tuz solingan suvda, butunlay tayyor bo'lgunga qadar pishiring. Bu vaqt mobaynida mayda to'rg'algan piyozni qizdirilgan yog'da qovuring. Shampinon, ko'kat va sarimsoqni maydalab to'rg'ang. Pishgan kartoshkadan pyure tayyorlang. Shampinon, piyoz, ko'kat, sarimsoq, murch va tuzni kartoshka bilan birlashtiring va aralashtiring.
2. Kartoshka pyuresini ikki qismga bo'ling. Lavash nonining 1 tasiga pyurening bir qismini surtib chiqing. Ikkinchi lavash nonini yoping va pyureni qolgan qismini surting.
3. Asos solingan lavash nonini rulet shaklida o'rang. 2 sm hajmda bo'laklarga bo'ling va har tomonlama tovada qizdirilgan yog'da qovuring.
4. Mazali va nozik ruletlarni issiq holda dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

Ajoyib va mo'jizaviy taom! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Olmali quymoq

Quymoq - barcha uchun sevimli nonushta. Taqdim etiladigan quymoq retsepti esa siz va yaqinlaringiz uchun juda ham sevimli nonushta bo'la oladi. Ushbu retseptni bir bor tayyorlashingiz bilan takror va takror tayyorlashga odatlanasiz. Mazali, oddiy va tez tayyorlanadi....

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Blinchik (quymoq) tayyorlash: usuli, retsepti, uy sharoitida, sirlari, xamiri

Blinchik (quymoq) – qizib turgan tovada suyuq xamirni qovurish orqali tayyorlanadigan pishiriqdir. Blinchik tayyorlash usullari juda ko’p, ammo ularning barchasi asosida bitta umumiy retsept, ya’ni sutli suyuq xamir yotadi. Tayyor blinchik (quymoq) larni har xil to’ldiruvchi bilan iste’mol qilsa bo’ladi. Bular qatorida: murabbo, tvorog, go’shtli...

Piyoz-tuxumli pirojki

Nozik asos va yumshoq xamir bu juda ham mazali. Juda ham tez tayyorlanadigan pirojki. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'lishi turgan gap. Taomnomangizdan o'zining o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish