Chechevitsali chipsi

Chechevitsali chipsi
Chechevitsali chipsi


E'tiboringizga ta'riflab bo'lmas, mazali ta'mga ega gazak retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu gazakni salatlar va suyuq taomlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi.

Kerakli masalliqlar:

  • 0.5 stakan chechevitsa
  • 1 stakan suv
  • 2/3 stakan kraxmal
  • 1/3 stakan un
  • 2 osh qoshiq shirin bulg'oq qalampiri kukuni
  • 2 dona sarimsoq donachasi
  • 1 osh qoshiq kunjut
Tayyorlash usuli:
1. Chechevitsani yuving, suv quying, tuz soling va butunlay tayyor bo'lgunga qadar, taxminan 20 daqiqa davomida pishiring.
2. Pishirilgan chechevitsani blenderda aralashtiring.
3. Kraxmal va unni solib, yumshoq va cho'ziluvchan xamir qoring (keragidan ko'p miqdorda un va kraxmal kerak bo'lishi mumkin).
4. Bulg'or qalampiri kukuni va maydalangan sarimsoqni xamirga aralashtiring va xamirni 15 daqiqaga chetga oling.
5. Xamirni yupqa qalinlikda yoying, kunjut seping va yana yoying. Hohishingizdagidek shaklda xamirni kesing.
6. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipida, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida, chipsilar ishib chiqgunga qadar pishiring. Tayyor va mazali chipsilarni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!...

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda....

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Fikr qo'shish