Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim sog'inch haqida sher

Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim
Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim

Kunlarim o'tmoqda bir sizni qumsab
Qalamim charchadi sevgini so‘zlab
O‘tkan kunlarimiz birma-bir eslab
Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim!!

Bilmay qiynaguvchi dardlaringizni
Gohi qiziq-qiziq gaplaringizni
Har kuni yozguvchi xatlaringizni
Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim!

Daryo kabi shoshdim shamoldek yeldim
Tomchi-tomchi birla dengizdek to‘ldim
Bugun atay sizni yonizga keldim
Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim!

Ko‘nglimdagi hijron, g‘ubor ketdiyu
Sabrimning kosasi to‘lib bitdiyu
Sizsiz yor bor yog‘i bir kun o‘tdiyu
Sog‘indim sevgilim yomon sog‘indim!

Fikr qo'shish