Grechkali pashtet

Grechkali pashtet
Grechkali pashtet


Juda ham mazali va to'yimli! Buterbrodlar uchun asos va mazali gazak o'rnini egallashi aniq. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 1/2 stakan grechka
  • 300 gramm tovuq jigari
  • 1 dona piyoz
  • 1 ta ko'k piyoz shoxi
  • Zaytun yog'i qovurish uchun
  • Ta'bga ko'ra saryog'
  • Ta'bga ko'ra tuz va murch
  • 1/2 osh qoshiq bulyon
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq jigarini tozalang, yuving va 10-15 daqiqa davomida qaynating.
2. Grechkani tuz solingan suvda pishiring.
3. Maydalangan piyozni zaytun yog'ida qovuring.
4. Grechka, jigar va piyozni blenderda aralashtiring yoki go'sht maydalagichdan 2 marotaba chiqaring.
5. Saryog'ni eriting masalliqlarga qo'shing. Tuz, murch va bulyonni quying va aralashtiring.
6. Oziq-ovqat plonkasida kolbasa shakllantiring. Muzlatgichga qo'ying.
7. Belgilangan vaqt o'tib, tayyor pashtetni 3-4 mm qalinlikda kesing. Pashtet bo'laklarini laganga tering va ko'kat bilan bezating.

8. Yangi non bo'lagi bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Grechka palov

Xamma masalliqlar keraklicha hajmda maydalab to'g'raladi. Qizib turgan qozondagi yog'ga piyoz solib, novvot rang bo'lgunicha qovuriladi. So'ng go'sht solinadi. Biroz qovurilgach, pomidor solinadi. Yana birozdan so'ng kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyog' va ko'kat ketma-ket solinib, qovuriladi. Tuzi rostlanib, suv solinadi.......

Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos balig'i

Kechki ovqatda yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda noan'anaviy usulda tayyorlangan mazali retseptni e'tiboringizga taqdim etamiz. Birzumda tayyor bo'ladigan nozik va juda ham mazali taom dasturxon davrasida haqiqatdan ham barchani lol qoldiradi....

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Tok do'lma

Guruch tozalanib, yuviladi. Piyozning 3 dan 2 qismi mayda to'g'raladi. Qiyma go'sh, guruch, to'g'ralgan piyoz, ziravorlar qo'shib qiyma qilamiz. Agar tok barglari tuzlangan (konservalangan) bo'lsa, muzdek suvda yahshilab yuviladi. Barra (yangi) tok barglari bo'lsa, issiq suvga yumshagunicha solinadi. Barglarni teskari tomoniga qiyma qo'yib...

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shashlik tayyorlash - go'shtni tanlash, marinadlash, tayyorgarlik ko'rish, tavsiyalar

Issiq kunlar kelishi bilan do’stlar va oila davrasida dam olish uchun bizda shashlik tayyorlashga hozirlik ko’riladi. Kimdir uyida, kimdir esa tabiatda shashlik tayyorlaydi. Tashqi tarafdan shashlik pishirish oson ko’rinadi. Lekin hammasini yanada yaxshiroq qilish mumkin...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Guruchli tovuq sho'rva

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi. Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi. Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi. Ziravorlardan...

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish