Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli

Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli
Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli


Immunitet ajoyib narsa. U hammamizda bor va uni hamisha mustahkamlash va kuchaytirib borish kerak, chunki immunitet gripp va shamollashdan tortib saraton xastaligigacha saqlaydi.
Immunitetni qanday oshirish mumkin

Immunitetning siri shundaki, u yagona a’zo emas, balki butun bir tizimdir. Immunitet yurak-qon tomir tizimidan ham murakkabdir, u hujayra darajasida ishlaydi.

Olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, sog’lom turmush tarzi turli kasalliklarga qarshi kurashishda immunitetga yordam berar ekan. Keling, ularni ko’rib chiqamiz.

Chekmaslik
Kashandaning og’iz bo’shlig’ida haqiqiy yallig’lanish o’chog’i vujudga keladi va u immunitetni o’ziga jalb qilib chalg’itadi. Shuning uchun chekuvchilar har xil xastaliklarga tez-tez chalinadilar: tuberkulyoz, yurak-qon tomir kasalliklari va xattoki saraton. Immunitetingizni kuchaytirishni xohlasangiz, chekishdan voz keching.

Alkogol ichimliklarni ichmaslik
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, alkogol ichimliklar o’smaga qarshi immunitetning faolligini susaytirar ekan, bu esa yo’g’on ichak saratoni va jigar xastaliklariga olib keladi. Xullas, kasal bo’lishni istamasangiz, ichmang, aks holda o’simtaga qarshi immmunitetni ishdan chiqarib qo’yasiz.


Ko’proq sabzavot va mevalardan iste’mol qilish
Sabzavot va mevalarning hammasi koni foyda – chesnok ham, zanjabil (imbir) ham, limon ham. Ba’zi odamlarga qaysidir meva yoki sabzavot mijoziga to’g’ri kelmasligi mumkin, bunday holda o’sha mahsulotni kamroq iste’mol qilish yoki umuman ratsiondan chiqarib yuborish mumkin.

Uyqu
Immunitetni kuchaytirishning oddiy va haqqoniy usullaridan biri – to’yib uxlashdir. Agar siz tez-tez shamollab tursangiz – ehtimol siz kam uxlayotgandirsiz. To’yib uxlaganda organizm kun bo’yi sarflagan energiyasini qayta tiklab oladi, shuning uchun inson kuniga 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi.

Sport bilan shug’ullanish
Sport birvarakayiga bir necha yo’nalishda yordam beradi. Birinchidan, sportchilar chindan ham kamroq kasallikka chalinadilar. Ikkinchidan, sport uyqu rejimini tartibga soladi (uyquning esa qanchalik muhimligi haqida aytib o’tdik). Uchinchidan, sport semizlikka qarshi kurashishda yaxshi natija beradi. Semizlik esa immunitetning ishdan chiqishiga olib keluvchi omillardan biridir.

Asabiylashmaslik
Asabiylashish ham immunitetni izdan chiqarishi mumkin. Internet sahifalarida tinchlantiruvchi, xotirjamlikni saqlab qoluvchi tavsiyalar talaygina. Styress gormonlari immun tizimining ishini ishdan chiqaradi va ko’pgina kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, shuning uchun arzimagan narsalarga jig’ibiyron bolavermasdan, xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling.

Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari

Fotoshop, kosmetika va jarrohlik amaliyoti imkoniyatlarini hisobga olgan holda bugungi kunda “kumirga aylangan chexra egalari haqiqatdan ham tabiiy chiroyga egami?” degan savol tug'iladi. Ularning go'zalligi meros ekanligiga ishonch hosil qilish uchun biz mashhur yulduzlarning bolalik suratlarini ko'rib chiqishga qaror qildik. Demak, boshladik!...

Zakot berishga qodir insonlar

Zakot berishga qodir insonlar zakot va sadaqotlarini eng avvalo ushbu ko'rsatilgan kishilarga berishdan boshlashlari kerak. Ulardan «dillari oshno qilinuvchilar» mansuh  etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga xam berilar edi, bu bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq, Islom rivoj...

Eng yirik jonivorlar haqida

Oddiy suratlarda mitti bo’lib tuyuladigan aslida esa juda ulkan timsoh, ayiq, ilon va boshqa jonivorlar haqida ma’lumotlar jamladik. Marhamat ular bilan tanishing!......

Kichkintoylar haqidagi qiziqarli faktlar

Bolalar hayotimizni aytib bo'lmaydigan darajada zavq-u shavqqa to’ldirishadi. Ularsiz hayotni tassavur qilib bo’lmaydi. Birgina tabassumi bilan hayotimizni nurga to’ldirishga qodir ushbu mittivoylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etish istagidamiz. Marhamat ular bilan tanishing!......

To’g’nog’ich qanday paydo bo’lgan?

Ayollar garderobining ajralmas qismi bo’lgan va turli liboslarni bezash uchun hizmat qiluvchi to'g’nog’ichlarning qanday paydo bo’lgani siz uchun qiziqmi? Unday bo’lsa, ushbu maqolamiz bilan tanishib chiqing!...

Jonni Depp haqidagi 14 ta qiziqarli ma’lumotlar

Tirik jon bor ekanki, turli tuman odat va fe’l atvorga egadir. Ularning ichida g’aroyib odatlar ham talaygina. Bugungi maqolamizda mashhur Gollivud aktyori Jonni Deppning o’zi haqida aytib o’tgan qiziqarli odatlari hususidagi ma’lumotlar to’g’risida gaplashamiz!......

Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi

Odatda, ko’pchilik sportning ekstremal turlari bilan shug’ullanishga hayiqishadi. Turistik tashkilotlarning ma’lum qilishlaricha, ekstremal turizm rivojlangan mamlakatlarga tashrif buyuradigan sayyohlarning aksariyat qismi erkaklar ekan. Bugungi maqolamizda sizni ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar bilan tanishtiramiz!...

JAR: ko’pchilikka ma’lum va noma’lum Afrika

Ko’pchilik odatda Afrika mamlakatlarini o’ta nochor ahvolda bo’lgan, odamlari qashshoqlikda yashaydigan maskan sifatida tasavvur qiladi. Agar siz ham shunday fikrda bo’lsangiz, haq ekanligingizni aytishdan o’zga choramiz yo’q. Ammo ushbu qit’ada joylashgan Janubiy Afrika Respublikasi turizm sohasida juda ilg’or. U qit’aning eng rivojlangan...

Hech kim o'ynashni xohlamagan biroq haqiqiy shedevrga aylangan 12 ta rol

Aktyorlar Gollivud rollari uchun o'zaro kurash olib borishadi va kasting uchun uzoq navbatda turishadi degan stereotip mavjud. Rejissyorlar va prodyuserlar san’atkolarning san'at uchun qilgan qurbonliklari haqida hikoya qilishni yaxshi ko'radilar. Ammo aslida, mashhur aktyorlar tark etgan, keyinchalik kultga aylangan ko'plab rollar mavjud....

Barchamiz sevib tomosha qilgan Tom Jerri multfilmning qahramonlari haqida 8 ta qiziqarli fakt

1940 yil 20-fevralda "Tom va Jerri" Amerika multfilmining birinchi qismi chiqdi. To'g'ri, o'sha paytda qahramonlarni boshqacha chaqirishgan: Yasper va Jinx, ammo ikkinchi epizodda ular 70 yildan ortiq vaqtdan beri lablardan ketmagan ismlarni qabul qilishdi....

Fikr qo'shish