Dilim uzbekcha sher

Dilim
Dilim

Erimas tosh kabi muzlading ko'nglim.
Sen uchun afzalmi yashashdan o'lim.
Barcha tuyg'ularing yurakga ko'mding.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Asragan bog'ingga to'ldi hazonlar.
Tikandek sanchildi qancha yolg'onlar.
Yoki o'ldirdimi seni armonlar.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Birgina so'z bilan samoga uchding.
Go'yoki oy bo'lib ko'klarni quchding.
So'ngida yulduzdek miltirab o'chding.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Xar kuni yo'llarin kutib toldingku.
Ishq berib o'rniga azob oldingku.
Ko'zingga yosh to'lib yig'lab qoldingku.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Sevdim deb ishongan yoring kelmadi.
Hijrondan og'riding parvo qilmadi.
Uni deb jon berding uchi o'lmadi.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Menga sensiz og'ir qanchalar.
Bilinmasa o'rning bunchalar.
Qisqamidi umring shunchalar.
Dunyolarga sig'magan dilim.

Fikr qo'shish