Sabzavot-tovuqli gril

Sabzavot-tovuqli gril
Sabzavot-tovuqli gril


Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 1 dona tovuq go'shti (filesi)
  • 4 dona 30x30 lavash noni
  • 2 dona pomidor
  • 1 bog' salat bargi
  • 1/2 dona limon
  • Ta'bga ko'ra ukrop va ko'k piyoz
  • Tuz va murch
  • 4 osh qoshiq tartar sousi
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq go'shti filesini uzunligi bo'ylab 4 qismga bo'ling. Oziq - ovqat plonkasiga o'rang va oshxona bolg'asi bilan go'sht qismlarini urib chiqing.
2. Go'shtlarga limon sharbati va tuz, murch sepib, marinadlang. Qizdirib, yog' surtilgan gril tovasida go'sh bo'laklarini har tomonlama, qizartirib pishiring.
3. Lavash noni ustiga salat bargi, go'sht bo'lagi, kesilgan pomidor, mayda to'rg'algan ko'kat va ta'bga ko'ra tuz seping. Rulet qilib o'rang.
4. Tayyor, mazali gazakni tartar sousi bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Sitrusli sous bilan tayyorlangan lasos balig'i

Kechki ovqatda yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda noan'anaviy usulda tayyorlangan mazali retseptni e'tiboringizga taqdim etamiz. Birzumda tayyor bo'ladigan nozik va juda ham mazali taom dasturxon davrasida haqiqatdan ham barchani lol qoldiradi....

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Yengil va to'yimli kotletlar. Har qanday tayyorlangan garnir bilan dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Sabzavotlar va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parxezbop sanalib, semirishga yo'l qo'ymaydi. Tayyorlanishi oddiy...

Pishloqli karp balig'i

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozi, deyarli og'izda butunlay erib, mo'jizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qovurma lag'mon tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, pishirish sirlari

Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga...

Yupqali shaurma yoxud lavash tayyorlash retsepti - bosqichlar, rasmlari bilan

Yupqadagi shaurma yoxud lavashni ko’pchilik ko’chadan xarid qilishga odatlangan, e’tiborli jihati qaysi tamaddixonadan ekanligi muhim emas. Biroq, uni uy sharoitida tayyorlash ancha xavfsizroq. Lavash tayyorlash retsepti va sirlari bilan quyida bo’lishamiz....

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Turkcha somsa retsepti - tayyorlash bosqichlari + foto

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir — juda mazali!...

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Fikr qo'shish