Pomidorli brusketlar

Pomidorli brusketlar
Pomidorli brusketlar


Italya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Juda ham nozik va mazali. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 4 bo'lak oq non
  • 400 gramm pomidor cherri
  • 20 kapersi
  • 30 gramm zaytun donachasi (danaksiz, yashil va qora)
  • Tuz, murch, oregano
  • Zaytun yog'i
  • Rayhon ko'kati
  • 20 gramm pesto sousi
  • Quritilgan pomidor donachalari
Tayyorlash usuli:
1. Cherri pomidorini 2 yoki 4 qismga bo'ling.
2. Zaytun donachalari va kapersini mayda bo'laklarga bo'ling.
3. Kesilgan masalliqlarni bir idishga jamlang. Quritilgan pomidorlarni soling.
4. Quritilgan ko'katlar jamlanmasidan soling. Tuz seping.
5. Zaytun yog'idan quying va aralashtiring.
6. Non bo'laklarini tostr yordamida quriting. Qizdirilgan tova yoki gaz pechida tayyorlash ham mumkin. Non bo'laklarini sarimsoq donachasi bilan surting.
7. Non bo'laklariga tayyorlangan aralashmadan soling.
8. Rayhon shoxchasi bilan bezating. Pesto sousidan seping.
9. Italyan oshxonasining mazali gazaki tayyor ! Dasturxonga torting va yaqinlaringizni lol qoldiring.
Yoqimli ishtaxa!

Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Koulslo salati

Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi....

Tabassum salat

Kabachki, bulg'or qalampiri, bodrin va pomidor yirik somoncha qilib to'g'raladi. 1 ta tuhum idishga atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan kabachki solinib, aralashtiriladi. So'ng, yog'da qovuriladi. Ikkinchi tuhum aloxida idishda atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan bulg'or qalampiri solinib, aralashtiriladi va u xam aloxida yog'da qovuriladi....

"Qish ziynati" salat

Kartoshka va lavlagi suvda qaynatib olinadi. Oq piyoz ikkiga bo'linib, mayda parrak qilib to'gralib, biroz suvda chayqab olinadi. Shunda piyozning achchig'i ketadi. Ko'k piyoz mayda to'g'raladi. Barcha masalliqlar to'rtburchak qilib to'g'raladi va aralashtiriladi....

Kabachkili salat

Kabachkilar yuvilib, 0,5 - 0,7 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raladi. Tuhum, un, tuz idishga solinib, yahshilab atalanadi. Kabachkilar tuhumli massaga botirilib, tovadagi yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi. Qovurilgan kabachkilar sovutiladi......

Vitaminga boy salat

Sarimsoq piyozni mayda to'g'rab, karam, ziravorlar xamda yog' bilan yahshilab aralashtiriladi. Ustiga 0,5 choy qoshiqda sirka solinadi va usti berkitiladi. Qolgan masalliqlar somoncha usulida to'g'raladi. So'ngra xamma masalliqlar birga aralashtiriladi. Bu salatga go'sht qo'shilsa, yanada mazali va xushho'r bo'ladi....

Bodringli salat

Bodring somoncha to'g'raladi. Sabzi qirg'ichning yirik tishidan chiqariladi. Ko'katlar mayda to'g'raladi. Qizib turgan yog'da piyoz novvot rang tus olgunicha qovuriladi. Ustiga qiyma solinib pishgunicha qovuriladi. Tayyor massani ta'bga ko'ra ziravorlar qo'shib aralashtiriladi....

Gazak "Faberje tuxumi"

Go'zal va juda ham ajoyib gazak! Bayram dasturxonidan yorqin o'rnini egallaydi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Baqlajonli rulet

Gazak uchun ajoyib tanlov! Tayyorlanishi hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish