Qizil baliqli blinchik

Qizil baliqli blinchik
Qizil baliqli blinchik


Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 4 dona tuxum
  • 50 gramm shakar, 5 gramm tuz
  • 200 gramm un
  • 500 ml sut
  • 100 gramm o'simlik yog'i
  • 100 gramm filadelfiya pishlog'i
  • 20 gramm smetana
  • 3 gramm limon sharbati
  • 10 gramm ukrop
  • 100 gramm semga balig'i yoki boshqa turdagi qizil baliq go'shti

Tayyorlash usuli:
1. Tuxumni tuz va shakar bilan ko'pirtiring. Sutni quying. Unni soling. Bir xil massa hosil bo'lguncha aralashtiring.
2. Tayyor xamirni sitodan o'tkazing.
3. O'simlik yog'ini quying va venchik yordamida aralashtiring.
4. Blinchikni qizdirib, yog' surtilgan tovada pishirib oling.
5. Blinchik asosini tayyorlang. Pishloq va smetanani birlashtiring. Mayda to'rg'algan ko'kat va limon sharbatini solib aralashtiring.
6. Blinchikning bir qismini saryog' bilan surting, pishloqli massadan soling. Yupqa kesilgan baliq go'shti bo'lagini qo'ying.
7. Blinchikni rulet shaklida o'rang.
8. Blinchik ruletini ikki qismga bo'ling. Ko'kat bilan bezating. Nozik va mazali blinchikni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Tarvuzli shirin reseptlar

Xozir tarvuz mavsumi juda qizg'in. Mazali poliz ekini barcha bozor, do'kon va ko'cha rastalarini to'ldirib tashladi. Tarvuz harid qilayotib barcha qanday qilib eng shirin va pishgan tarvuz tanlasam ekan deya bosh qotiradi....

"Julyen" pirogi

Fransuz oshxonasining mashhur taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qizil baliqli blinchik

Mo'jizaviy ta'mga ega blinchik! Ajoyib gazak va yengil tamaddi o'rnini egallashi turgan gap. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Balish

Kartoshka, dumba mayda kubik qilib to'g'raladi. Ko'katlar tozalab to'g'raladi. Ziravorlar qo'shib aralashtiriladi. Hamir tayyorlanishi: Un ichiga margarinni to'g'rab solamiz. Va urvoq xoliga keltiramiz. Qatiqni kosaga solib, va iste'mol sodasi, tuz, tuhum oqini qo'shib, yahshilab aralashtiramiz. Va unli massaga qo'shib, hamir qoramiz. Tayyor hamir...

Qozon kabob

O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha...

Fikr qo'shish