Siz mendayin sevolmaysiz sevgi haqida sher

Siz mendayin sevolmaysiz
Siz mendayin sevolmaysiz

Qo'llarimda suratingiz,
Dardim og'ir bilolmaysiz.
Yig'lamaydi yuragingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz.

Chidolmaysiz firoqlarga,
Hijron, oddiy qiynoqlarga
So'ng, ketasiz uzoqlarga
Siz mendayin sevolmaysiz.

"Sen tilagim" desangiz ham,
"Qon yuragim" desangiz ham,
Yuz yil yig'lab sevsangiz ham,
Siz mendayin sevolmaysiz.

Qo'llarimda suratingiz,
Dardim og'ir bilolmaysiz.
Chunki, yolg'iz gunohingiz,
Siz mendayin sevolmaysiz.

Fikr qo'shish