Shukrona

Shukrona
Shukrona

Bir kambag‘al yigit, bir joyda mardikorchilik qilib yursa, shu xonadonni soxibi uni xalolligi va sofdilligini ko‘rib uni yoktirib qolib, unga yakkayu yagona qizini turmushga beribdi. Tuydan keyin yigit baxtlarga cho‘milibdi, xayoti chamanzorga aylanibdi. Kelinchak umuman kibrga berilmas, besh vaqt ibodatda ekan. Bir kuni, kelinning otasi kuyovni yoniga kelib :
-Xudodan qo‘rqsang bo‘lardi, xotiningga pishloq, xurmo sotib olib yedirsang bo‘lmaydimi debdi.
Yigitni tizzalarigacha qaltirab ketibdi va kelinchakdan otasi nega unday deganini so‘rabdi. Shunda kelinchak otasinikiga mexmon bo‘lib borgani, uni oldiga go‘sht, asal va xar xil noz ne'matlar qo‘yganini aytibdi. Shunda otasi qizim nega bularni yemayapsan? Axir juda yaxshi ko‘rardinku debdi, shunda kelin:
-Bizni uyimizda xar kuni go‘sht va sara xil noz nematlar, men faqat pishloq, xurmo yegim keladi deb arzon yeguliklarni aytibdi. Aslida bo‘lsa uyiga go‘sht zo‘rga bir oyda kelardi bazo‘r ro‘zg‘or tebratilardi. Kelinchak ko‘chaga chiqar ekan uning zimmasiga erining xurmati, or nomusi va to‘rt devor ichidagi sir osgan xolda ko‘chaga chiqishini aytib gapini yakunlabdi. Shunda yigit, yana bir bor Alloxga shukurlar aytib, toleiga shunday solixa ayol yozilganiga chin dildan quvonibdi.

Shukur qilib yashaylik azizlar☝

ALXAMDULILLAX🌸

Fikr qo'shish