Onam meni sog‘inganga o‘xshaydi uzbekcha sher

Onam meni sog‘inganga o‘xshaydi
Onam meni sog‘inganga o‘xshaydi

Tushlarimda ko‘rayapman har kuni,
Yuragimga yashirganman men shuni,
Mensiz qanday o‘tgan ekan buguni,
Onam meni sog‘inganga o‘xshaydi.

Sochlariga qor yog‘ibdi meni deb,
Ko‘zlaridan yosh oqibdi meni deb,
Uxlamasdan yo‘l boqibdi meni deb,
Onam meni sog‘inganga o‘xshaydi.

Fikr qo'shish