Mosarellali raviole

Mosarellali raviole
Mosarellali raviole


Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 400 gramm un (ko'proq kerak bo'lishi ham mumkin)
  • 1 dona tuxum
  • 4 dona tuxum sarig'i
  • Bir chimdim tuz
  • 50 ml suv
  • 125 gramm mosarella
  • 5 gramm rayhon
  • 200 gramm qaymoq
  • 50 gramm pesto sousi
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Tuxum, suv va tuzni un bilan birlashtiring, xamir qoring. Xamirni 45 daqiqaga, usti yopiq holda qoldiring.

2. Asosni tayyorlang. Mosarella va ko'katni mayda shaklda to'rg'ang. Tayyorlangan asosdan kichik yumaloq shakllar hosil qiling.
3. Xamirni ikki qismga bo'ling va yupqa qalinlikda yoying. Xamirning yoyilgan bir qismiga suv seping. Asos sharchalarini soling va ikkinchi xamir qismini yoping.
4. Qolip yordamida raviolilarni kesib oling. Tayyor raviolilarni 5-6 daqiqa davomida, suvda pishiring. So'ng, tovaga soling va qaymoq, pesto sousini quying. Past olovda sous quyuqlashgunga qadar pishiring.

5. Tayyor raviolilarni mosarella bo'lagi va ko'kat shoxchasi bilan bezating. Mazali va nozik raviolilarni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Qozon kabob

O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Somsa tayyorlash - qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari

O’zbekistonda yashaydigan yoki bu go’zal mamlakatda mehmonda bo’lgan har bir shaxs o’zbek oshxonasining ovqatlarini alohida iliqlik bilan eslab turadi. Jahonga mashhur taniqli taomlar orasida somsa (samsa) maxsus sharafga ega. Sizga asl mazali va chiroyli qavatli somsa tayyorlash retseptini taklif etamiz....

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Qiyma kabob

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi. So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi. Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi. Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki...

Guruchli tovuq sho'rva

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi. Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi. Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi. Ziravorlardan...

Lavash-pishloqli pirog

Yengil va nozik pirog! Shu bilan birga juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi lazzatbaxsh. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qovurma lag'mon tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, pishirish sirlari

Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Anor mevasining foydali hususiyatlari

Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik....

Fikr qo'shish