Bir mo‘min

Bir mo‘min
Bir mo‘min

Bir mo‘min kechqurun xuftonga chiqishga tayyorgarlik ko‘ribdi. Tashkarida yomg‘ir yog‘ayotgan ekan, yomg‘irga karamay uyidan chiqibdi. Ozginadan keyin sirg‘anib yiqilib tushibdi. Xammayog‘i loy bo‘lgan, masjidga bora olmaydigan darajada. Uyiga shoshib, kiyimlarini almashtirib yana masjidga qarab yo‘l olibdi. Jamoatga ulgurishim kerak deb shoshilgan ekan yana yiqilibdi. "Alxamdulillax" deb uyiga shoshib kirib, kiyimlarini yana almashtirib ko‘chaga chiqsa eshikni oldida bir kishi shamchiroq bilan turibdi.
- Qani birodar extiyot bo‘lib yuring, mana buyoqdan yuring, sirg‘anib ketmang, tosh bor ekan qoqilib ketmang ... deb masjidgacha olib borib orqasiga o‘girilibdi. Mo‘min xayron bo‘lib:
- Birodar masjidga kirmaysizmi? - deb so‘rabdi.
- Yo‘q kirmayman - debdi.
- Nega?
- Chunki men Shaytonman.
- Menga nega yordam berding unday bo‘lsa?
Shayton - Meni senga yordam berish niyatim yo‘q edi, uyindan birinchi marta yomg‘ir yog‘ishiga karamay chiqqaningda Allox seni gunoxlaringni kechirib yubordi. Sen o‘rningdan turib uyingdan boshqattan chiqganingda Allox bu amalinga axli oilangni gunoxlarini kechirdi. Ikkinchi bor sen yana yiqilding, uyga kirib yana qaytib chiqqaningda Allox bu amalinga butun shaxar mo‘minlarni gunoxlarini kechirdi. Uchinchi marta chiqqaningda yiqilsangu sen yana chiqsang Allox butun Yer yuzidagi mo‘minlarni gunoxlarini kechirib yuborishidan qo‘rqdim - degan ekan.

Fikr qo'shish