Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar


Monako knyazligi - Janubiy Yevropada, O’rta dengiz sohilidagi davlat. Poytaxti – Monako shaxri bo’lib, knyazlikda asosan, monegasklar, italyanlar yashaydi.

Tarixi
Miloddan avvalgi 10-1 asrlarda Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzilgohlari bo’lgan, Miloddan avvalgi 1-asrda Monakoda rimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2- yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419 yildan Monako mustaqil knyazlikka aylangan, 1524 yildan esa Ispaniya, 1961 yildan Fransiya protektorati hisoblangan. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hokimiyati ag’darilib, mamlakat Fransiyaga qo’shib olingan. 1814 yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1993 yildaMonako BMTning teng huquqli azosiga aylangan.
Diqqatga sazovor joylari
Monako knyazi saroyi

Yevropa monarxlaridan farqli ravishda Monako knyazlari700 yildan beri o’z qarorgohlarini o’zgartirishmagan. Bugungi kunda knyaz va uning oilasi aynan shu yerda iste’qomat qiladi. 

Odatda saroy degan so’zni eshitganingizda ertaklardagi kabi haybatli binoni tasavvur qilasiz. Ammo Monako saroyining ko’rinishi bundan biroz farq qiladi. U qo’shni Ispaniya va Italiya arxitekturasidan ilhomlangan holda qurilgan.
Monako-Vill shahri
Knyazlikning qadimiy poytaxti bo’lmish Monako-Vill shahri Sent-Antuan qoyasida joylashgan bo’lib, bu yerda 11 ta qadimgi binolar ham bor. Hududda turistlar knyazlik saroyining tarixiy arxivi, Qadimgi Monako muzeyi va Mum haykallar muzeyi bilan tanishishlari mumkin.
Monte-Karlodagi yapon bog’i
Shahardagi yapon bog’i ham diqqatga sazovor maskanlardan biri hisoblanadi. Monako tabiati va iqlimi mo’tadil bo’lgani uchun Yaponiyadan olib kelingan o’simliklar bu yerda juda chiroyli bo’lib o’sadi. Bog’ tabiat bilan yolg’iz qolishni istaganlarga hush kelishi aniq.
La-Kondamin
Bu Monakodagi yana bir qadimiy tuman bo’lib, uning asosiy maskanlaridan biri bandargoh qismi sanaladi. Hududda qadimgi saroylar ham, biznes-kvartallar, banklar, butiklar ham bor.
Shaxzoda Rane III ning avtomobillar muzeyi
Fonveyning eng asosiy joylaridan biri – Rene III ga tegishli bo’lgan qadimgi avtomobillar joylashtirilgan savdo markazi sanaladi. Ushbu kamyob retro avtomobillar mazkur soha ishqibozlarini es hushidan ayiradi.
Qiziqarli ma’lumotlar
Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar qatorida Vatikandan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrga teng.

Monako knyazligi o’ta kichik ammo farovon mamlakat.

Monakoda iste’qomat qiluvchi har beshinchi odam –xorijlikdir.

Agar Monakodagi sulola biror sabab bilan yo’qolib ketsa, davlat boshqaruvi Fransiyaning qo’liga o’tadi.
Knyazlikni tashqi dushmanlaridan Fransiya himoya qiladi.

Monakoda faqatgina bitta universitet bor.

Knyazlikning butun hududi bo’ylab kuzatuv kameralari o’rnatilgan.

Monako knyazligining tarixi 1215 yildan boshlangan.
Monako Yevroittifoq tarkibiga kirmaydi.

Mamlakatda o’rtacha umr davomiyligi 90 yilni tashkil qiladi.

Monakoning tub aholisi davlatga soliq to’lashdan ozod qilingan.

Bir so’z bilan aytganda Monakoni shahar-mamlakat deya atash mumkin.

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Yesugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan og’liga Temuchin deb ism berdi....

Eng yirik jonivorlar haqida

Oddiy suratlarda mitti bo’lib tuyuladigan aslida esa juda ulkan timsoh, ayiq, ilon va boshqa jonivorlar haqida ma’lumotlar jamladik. Marhamat ular bilan tanishing!......

Atrofdagilarning ko’ngliga yo’l topishda ahamiyatli bo’lgan 6 ta jihat

Har bir inson shaxsiy rivojlanishi va atrofdagilar bilan til topishishda muhim bo'lgan jihatlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini sizga havola etamiz....

Dunyodagi eng qimmat brendlarning reytingi e'lon qilindi

Internet tarmoqlarda dunyodagi eng qimmat va nufuzli global brendlarning reytingini e'lon qildi...

Kivi mevasining tarkibi, kelib chiqish tarixi va nomlanishi haqidagi ma’lumotlar

Bugungi kunda bozor rastalarini to’ldirib turuvchi kivi mevasining vatani, kelib chiqishi ko’pchillikka qiziq bo’lsa kerak. Quyidagi maqolamiz orqali ta’mi biroz duvuchani eslatadigan kivi haqida o’zingiz uchun qiziqarli ma’lumotlarni olasiz, degan umiddamiz......

ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA

 ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA Kompliment-maqtov va yahshi gap ayollarga xam, erkaklarga xam birday yoqimli.  Ular buni bajonidil qabul qiladir yoki bunga befarqdek  ko'rinsalar xam qalban o'zlarini mamnun va axamiyatli xis etadilar. Agar umr yo'ldoshingizning  o'ziga ishonchi yanada oshishini va munosabatlaringiz yanada yahshi bo'lishini...

Tushda tuxum ko'rsa nimani bildiradi

Tushda tuxum shaxsiy uchrashuvga, kimnidur kutilmaganda paydo bo‘lishi. Agar siz ko‘pgina tuxum ko‘rsangiz, yaxshi belgimas. Ishdagi ko‘ngilsizlik, bu esa sizni rosa charchatadi....

"Salt Bae"- Nusret Gokche aslida kim?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga yaxshi tanilib ulgurgan turk oshpazi Nusret Gokche tuz sepish usuli bilan shov-shuvga aylandi. Bugungi maqolamiz orqali u haqidagi ma'lumotlarni siz bilan bo'lishmiqchimiz!......

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Ajoyib psixologik test

Ushbu psixologik testdagi suratda sizga eng ko'p ma'qul bo'lgan daraxni tanlash orqali ishga bo'lgan layoqatingiz haqida bilib olishingiz mumkin. Daraxtlarning har biri ma'lum bir harakter bilan mos keladi. Olimlarning fikriga ko'ra, ushbu qisqa test natijalari 94% hollarda to'g'ri chiqadi. Ishonmaysizmi u holda sinab ko’ring!...

Fikr qo'shish